KEKSALARNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUAMMOLARI VA UNI BARTARAF ETISHNING AYRIM OMILLARI
Keywords:
keksalar, ijtimoiy muammolar, biologik jarayon, yolg‘izlik, ruhiy tushkunlik, depressiya, jismoniy salomatlik, izolyatsiya, pensionerlar.Abstract
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha aholining qarish jarayoni tezlashib bormoqda. O‘zbekiston ham bundan mustasno emas — yurtimizda keksalar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Keksalik davrida insonlarda salomatlik bilan bog‘liq muammolar, yolg‘izlik hissi, ijtimoiy izolyatsiya va iqtisodiy qiyinchiliklar ko‘proq kuzatiladi. Shu sababli, keksalar bilan ishlash ijtimoiy ish sohasi uchun nihoyatda dolzarb yo‘nalish hisoblanadi.
Keksalarning jamiyatdagi o‘rni, ularning hayot sifatini saqlab qolish, faol yashashlarini ta'minlash va ularni qo‘llab-quvvatlash — ijtimoiy ishning muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa, nogironligi bo‘lgan, qarovsiz qolgan yoki yolg‘iz yashovchi keksalar uchun maxsus yondashuv zarur. Ijtimoiy ishchilar, psixologlar va tibbiyot mutaxassislari bilan hamkorlikda olib boriladigan xizmatlar bu qatlamning hayotini yengillashtiradi.
Keksalar bilan ishlash dolzarbligi, shuningdek, ularning tajriba va bilimlarini yosh avlodga yetkazishda, avlodlararo aloqani mustahkamlashda ham namoyon bo‘ladi. Ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish orqali ularning o‘zini foydali his qilishi va psixologik barqarorligi ta’minlanadi. Shuning uchun, keksalarga bo‘lgan e’tibor nafaqat insoniylik mezoni, balki ijtimoiy taraqqiyotning ko‘rsatkichi hamdir.
References
1. Shuhrat Ergashev. ,,Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”. Respublika ilmiy-amaliy konfrensiya materiallari to’plami. –Toshkent: ,,Mahalla va oila nashiryoti”, 2022. -196-197 b.
2. N.N.Nasriddinova. ,,Gerontologiya va umumiy geriatriya”: o’quv-qo’llanma.– Toshkent: ,,Barkamol fayz media” nashiryoti”, 2018. – B.8.
3. Rajabova X, Safarov D. ,,Keksalarni ijtimoiy-psixologik muammolari va uni bartaraf etishning ayrim jihatlari”: maqola. – Navoiy viloyat. –B.3.
4. G‘oziyev E. “Psixologiya” Toshkent “O‘qituvchi” 1994. – B.13.
5. Abramova T S. “Возрастная психология” uchebnik dlya studentov vuzov.-M Akademicheskaya proekt 2001.
6. “Психология зрелости и старения” nauchno-prakticheskiy jurnal. № 3 (15), osen Moskva “Tsentr Gerontolog ”2001.
7. Raxmonov A.T. Ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatlar tizimi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2021.