ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING MUHIM JIHATLARI
Keywords:
Ona tili, adabiyot, dars, pedagogik texnologiya, innovatsion texnologiya, interfaol metodlar, ta’lim jarayoni, zamonaviy yondashuv, didaktik usullar, o‘quvchi faolligi, ijodkorlik, nutq rivoji, kompetensiya, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari), samaradorlik.Abstract
Ushbu maqolada ona tili va adabiyot darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritilgan. Xususan, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlar, interfaol metodlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini faollashtirish masalalari tahlil qilingan. Maqolada ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishda kreativ yondashuvlar, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o‘quvchilarning nutqiy va ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati ham asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ona tili va adabiyot darslarini yanada qiziqarli, mazmunli va samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1.Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida o'quvchilar nutqini o'stirishning asosiy yo'nalishlari. Science and Education, 1(4), 174-179.
2. Shayxislamov, N., & Maxmudov, Q. (2020). Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'rgatishda boshqa fanlar bilan bog'lab o'qitish (integratsiya)dan foydalanish. (11), 111-113.
3.Shayxislamov Z.(2020).Tilshunoslik keng qamrovli fan sifatida. UzACADEMIA, 1(1), 156-158.
4.Shayxislamov N. Z. (2020). Zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi -pxisolingvistikada o'zbek bolalari nutqining o'rganilishi.