KO‘MIR GAZIFIKATSIYASI ASOSIDA “YASHIL ENERGIYA” OLISH ISTIQBOLLARI
Abstract
Ushbu tadqiqotda ko‘mir gazifikatsiyasi asosida “yashil energiya” olish imkoniyatlari laboratoriya sharoitida yarim-eksperimental metodika yordamida o‘rganildi. Asosiy xomashyo sifatida mahalliy ko‘mir va biomassa (guruch qobig‘i) qo‘llanilib, ularning turli nisbatdagi aralashmalari (100% ko‘mir; 85% ko‘mir + 15% biomassa; 70% ko‘mir + 30% biomassa) gazifikatsiya jarayonida sinovdan o‘tkazildi. Tajribalar 850–900°C harorat oralig‘ida, bug‘li muhitda olib borildi. Jarayon davomida hosil bo‘lgan gaz aralashmasining tarkibi (H₂, CO, CO₂ va CH₄) tahlil qilinib, gazifikatsiya samaradorligi baholandi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, biomassa qo‘shilishi gaz tarkibida vodorod ulushining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Xususan, 100% ko‘mirda H₂ miqdori 32–35% ni tashkil etgan bo‘lsa, 70% ko‘mir va 30% biomassa aralashmasida bu ko‘rsatkich 45–50% gacha yetdi. Shu bilan birga, CO₂ miqdorining kamayishi va qattiq qoldiq miqdorining 20–25% dan 15–18% gacha pasayishi kuzatildi, bu esa jarayonning yanada to‘liq amalga oshganini ko‘rsatadi. Hosil bo‘lgan sintez-gazning pastki yonish issiqligi 12–15 MJ/m³ oralig‘ida bo‘lib, uning energiya manbai sifatida samaradorligini tasdiqlaydi.
Olingan natijalar asosida ko‘mir va biomassa aralashmasi gazifikatsiyasi an’anaviy ko‘mir gazifikatsiyasiga nisbatan yuqori energetik samaradorlik va pastroq ekologik ta’sirga ega ekanligi aniqlandi. Taklif etilgan metodika soddaligi, iqtisodiyligi va samaradorligi bilan ajralib turib, “yashil energiya” olishda istiqbolli yo‘nalish sifatida baholanadi.
References
1. Higman, C., & van der Burgt, M. (2008). Gasification. Gulf Professional Publishing.
2. Basu, P. (2010). Biomass Gasification and Pyrolysis: Practical Design and Theory. Academic Press.
3. Speight, J. G. (2013). The Chemistry and Technology of Coal. CRC Press.
4. Corella, J., Toledo, J. M., & Molina, G. (2007). Biomass gasification in fluidized bed: A review. Energy & Fuels, 21(2), 1050–1060.
5. Wang, M., Larson, E. D., & Liu, G. (2013). Life cycle analysis of hydrogen production from coal gasification. Energy Policy, 52, 204–213.
6. IEA (International Energy Agency). (2019). The Future of Hydrogen: Seizing today’s opportunities. Paris: IEA Publications.
7. Rubin, E. S., Davison, J. E., & Herzog, H. J. (2015). The cost of CO₂ capture and storage. International Journal of Greenhouse Gas Control, 40, 378–400.
8. Lv, P. M., Xiong, Z. H., Chang, J., Wu, C. Z., Chen, Y., & Zhu, J. X. (2004). An experimental study on biomass air–steam gasification. Biomass and Bioenergy, 27(3), 205–214.
9. Ahmed, S., & Krumpelt, M. (2001). Hydrogen from hydrocarbon fuels for fuel cells. International Journal of Hydrogen Energy, 26(4), 291–301.
10. Safaev, U., Karabaeva, Z., & Atakhodjaev, A. (2025). Use of new cationic floculants in the treatment of oil-polluted wastewater. AIP Conference Proceedings, 3331(1), 030072.
11. Ataxojaev, A. A., Sodiqjonov, S. Q., & Egamberdiev, E. A. (2025). Sustainable adsorbents from carboxymethyl cellulose and chitosan composites for heavy metal removal in wastewater treatment. Новости образования: исследование в XXI веке, 4(37), 1–8.
12. Jumaev, A. A., Ataxojayev, A. A., & Safaev, U. A. (2026). Cellulose-based biocomposite sorbents for the treatment of heavy-metal-contaminated wastewater. Sustainability of Education, Socio-Economic Science Theory, 4(39), 36–39.
13. Egamberdiyev, E., Ataxojayev, A., & Jumayev, A. (2025). Development of carboxymethylcellulose-based nano-composites reinforced with cellulose nanocrystals for controlled-release fertilizers and heavy metal detoxification. London International Monthly Conference on Multidisciplinary Research.
14. Khoshimov, Q. N., Ungarov, J. F., Ataxojayev, A. A., Egamberdiev, E. A., et al. (2024). Effective use of solid household waste. Universal Journal of Library Science and Innovation, 3(7), 22–25.
15. Life Cycle Assessment of Hydrogen Production from Coal Gasification as an Alternative Transport Fuel. (2023). Journal of Cleaner Production.
16. Hydrogen Economy and the Role of Coal. (2019). International Energy Agency Report.