YANGI OʻZBEKISTONDA BOSHLANGʻICH TAʼLIMGA BERILAYOTGAN EʼTIBOR
Keywords:
Yangi Oʻzbekiston, boshlangʻich taʼlim, taʼlim islohotlari, kompetensiyaviy yondashuv, pedagogik innovatsiyalar, taʼlim sifati, davlat siyosati.Abstract
Mazkur maqolada Yangi Oʻzbekistonda boshlangʻich taʼlim tizimiga berilayotgan eʼtibor, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Boshlangʻich taʼlimning uzluksiz taʼlim tizimidagi oʻrni, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashdagi ahamiyati ochib beriladi. Soʻnggi yillarda taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish, oʻquv dasturlarini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ilmiy tahlil etiladi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida boshlangʻich taʼlim mazmunini yangilash, kompetensiyaviy yondashuvni keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari Yangi Oʻzbekistonda boshlangʻich taʼlimni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini ko‘rsatadi.
References
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi. Taʼlim sohasida 2022–2026 yillarga moʻljallangan rivojlanish strategiyasi. – Toshkent, 2022. // www.uzedu.uz
2. Qodirova D. Raqamli taʼlim muhitida pedagogik yondashuvlar. – Toshkent: Innovatsiya, 2023.
3. Xamidova N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularning taʼlimdagi oʻrni. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020.
4. Hoshimova M. “Pedagogik texnologiya va pedagogic mahorat”. –T.: TDIU, 2017- yil.
5. Raxmonov N.X., Tojiev O.T. Taʼlimda innovatsion yondashuvlar. – Toshkent: Fan, 2021.