TASHKILOTLARNING ETIK VA ESTETIK MADANIYAT NORMALARI

Authors

  • Karimova Kamola Zokir qizi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti sotsiologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi karimovakamola301@gmail.com Author

Keywords:

tashkilot, etik, estetik, globallashuv, korxona, xulq-atvor, korporativ, professional, kvalitativ, kvantitativ.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy tashkilotlarda etik va estetik madaniyatning mazmuni, ularning shakllanish omillari hamda o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Etik madaniyat xodimlarning halollik, adolat, mas’uliyat, muloqot madaniyati va kasbiy axloq qoidalariga rioya etishini belgilovchi me’yorlar majmui sifatida yoritiladi. Estetik madaniyat esa ish joyining dizayni, tartib-intizomi, korporativ uslub, xodimlar imiji va tashqi ko‘rinish madaniyatiga oid talablar bilan izohlanadi. Maqolada ushbu ikki yo‘nalishning tashkilotda sog‘lom psixologik muhit yaratish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash va korporativ imijni rivojlantirishdagi roli asoslab beriladi. Xulosa sifatida, etik va estetik madaniyat me’yorlari bir-birini to‘ldiruvchi omillar ekanligi, ularni uyg‘un qo‘llash tashkilotning samaradorligi va nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tilgan.

References

1. Hasanov, B. Etika va biznes munosabatlari. — T.: “Fan va texnologiya”, 2019.

2. Jo‘rayev, O. Tashkilot boshqaruvida etik normalar. — Buxoro: “BuxDU nashriyoti”, 2021.

3. Sodiqova, M. Estetik madaniyat va xizmat ko‘rsatish sifati. — T.: “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi”, 2018.

4. Robbins, S., & Judge, T. Organizational Behavior. — Pearson Education, 2021.

5. Alimova, D. Korporativ etika va xodimlar motivatsiyasi. — T.: “Universitet”, 2022.

Downloads

Published

2025-12-20