AMIR TEMUR: QUVVAT, AQL VA ADOLAT RAMZI

Authors

  • Axtamaliyev Asadbek Axtamali o`g`li Toshkent davlat yuridik universteti Jinoiy Odil Sudlov fakulteti 1 – bosqich talabalari Author
  • Adhamov Ayubxon Anvar o`g`li Ilmiy rahbar: Toshkent davlat yuridik universteti Jinoiy Odil sudlov fakulteti dekan o`rinbosari Author
  • Mamasobirov Davronbek Ernazarovich Ilmiy rahbar: Toshkent davlat yuridik universteti Jinoiy Odil sudlov fakulteti dekan o`rinbosari Author

Keywords:

Amir Temur, buyuk sarkarda, davlat arbobi, temuriylar davlati, harbiy strategiya, siyosiy donolik, Markaziy Osiyo tarixi, diplomatiya, ilm-fan va madaniyat, me’morchilik merosi.

Abstract

Ushbu ilmiy ishda Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, siyosiy qarashlari va xalqaro munosabatlardagi o‘rni keng yoritilgan. Amir Temur XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Markaziy Osiyo va unga tutash hududlarda kuchli markazlashgan davlat barpo etgan, turli xalq va millatlarni bir maqsad yo‘lida birlashtira olgan yirik sarkarda va siyosatchi sifatida tarix sahnasida porlagan.

Asarda Temurning adolat va tartib-intizomga asoslangan boshqaruv tizimi, olim va ulamolar bilan maslahatlashgan holda siyosiy qarorlar qabul qilganligi, gumanistik yondashuvi va inson manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo‘yganligi alohida ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, uning tasavvufiy qarashlar asosida tuzgan davlat siyosati va madaniyat, ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi tahlil qilinadi.

Temur tomonidan olib borilgan harbiy yurishlar natijasida o‘sha davrning yetakchi davlatlari – Oltin O‘rda, Usmonlilar, Dehli sultonligi, Mamluklar, Gurjiston, Vizantiya imperiyasi, hatto Yevropa davlatlari (Fransiya, Kastiliya) bilan o‘rnatilgan diplomatik va savdo aloqalari tahlil qilinadi.

References

1. Temur, A. Temur tuzuklari. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991.

2. Xondamir. Makorim ul-axloq. Tarixiy manbalar asosida nashr etilgan tarjima. Toshkent: Fan nashriyoti, 2003.

3. Yo‘ldoshev, S. Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati. Toshkent: O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2010.

4. Qayumov, A. Amir Temur siymosi tarixiy manbalarda. Toshkent: Sharq, 1996.

5. Karimov, I. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.

6. Barthold, V.V. Turkistonning musulmonlik davridagi tarixi. Toshkent: Fan, 1993.

7. Shoniyozov, K. O‘zbek xalqining kelib chiqishi. Toshkent: Fan, 2001.

8. Jahon tarixidan lavhalar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligi darsligi. Toshkent: O‘zbekiston, 2005.

Downloads

Published

2025-05-31