KOʻRISH ANALIZATORI BUZILISHLARINING BILISH JARAYONLARINI RIVOJLANISHIGA TAʼSIRI

Authors

  • Madraimova Gulshoda Xayrulla qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU Logopediya ixtisosligi 2-bosqich talabasi Author

Keywords:

Ko‘ruv analizatori, bilish jarayonlari, vizual tafakkur, idrok, xotira, tafakkur, ko‘rish nuqsonlari, psixik rivojlanish, kompensatsiya, korreksion pedagogika, tiflopedagogika, fazoviy idrok, ta’lim jarayoni, vizual o‘rganish, bolalar rivojlanishi.

Abstract

Mazkur maqolada ko‘ruv analizatori va uning bolaning bilish jarayonlari rivojlanishidagi o‘rni har tomonlama yoritilgan. Ko‘rish orqali inson atrof-muhitni idrok etishi, predmetlarning xususiyatlarini anglash va ular o‘rtasidagi bog‘liqliklarni tushunishi mumkinligi asoslab beriladi. Ayniqsa, bolalik davrida ko‘ruv analizatori sezgi, idrok, xotira, tafakkur va nutq kabi muhim psixik jarayonlarning shakllanishida yetakchi omil sifatida namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada ko‘rishdagi nuqsonlarning bola rivojlanishiga salbiy ta’siri, jumladan bilish faoliyatining sekinlashuvi, fazoviy mo‘ljal olishdagi qiyinchiliklar va ijtimoiylashuv jarayonidagi muammolar tahlil qilinadi. Vizual tafakkurning ahamiyati, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ko‘rgazmali vositalar orqali bilimlarni samarali o‘zlashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif ko‘ruv analizatoridagi buzilishlarni kompensatsiya qilishda maxsus pedagogik yondashuv va korreksion ishlarning muhimligini alohida qayd etadi.

References

1.Xamidova, M. U. (2018). Maxsus pedagogika. Toshkent

2.Poʻlatova, P. M., Nurmuxamedova, L. Sh., Yakubjonova, D. B. Mamarajabova, Z. N., Amirsaiidova, Sh. M., Sultonova, A. D. (2014). Maxsus pedagogika. Toshkent: “Fan va texnologiyalar”

3. .Rahmonova, V. S. (2014). Defektologiya asoslari. Toshkent: “Niso Poligraf”

4. Nurkeldiyeva, D. A. (2019). Pedagogik-psixologik diagnostika. Toshkent

Downloads

Published

2026-05-28