ERKAK MUSHUKLARDA SIYDIK TOSH KASALLIGI (UROLITIAZ)
Keywords:
Mushuklarda pastki siydik yo‘li kasalliklari kompleks sindrom bo‘lib, dizuriya, pollakiuriya, gematuriya va stranguriya bilan namoyon bo‘ladi. Urolitiaz ushbu sindromning muhim etiologik sabablaridan biridir.Abstract
Urolitiaz — mushuklarda siydik yo‘llarida mineral kristallar va toshlar hosil bo‘lishi bilan kechadigan patologik holatdir. Erkak mushuklarda uretra anatomik jihatdan tor va distal qismi S-shaklli bo‘lgani sababli obstruksiya xavfi yuqori. Pastki siydik yo‘li kasalliklari (FLUTD) ichida urolitiaz 15–25% holatlarda aniqlanadi. Eng ko‘p uchraydigan urolit turlari — struvit va kalsiy oksalatdir. O‘z vaqtida davolanmasa, postrenal azotemiya, giperkalemiya va o‘limga olib kelishi mumkin.