ISLOMDA NASL NASAB ILMINI O’RGANISHNING AHAMIYATI

Authors

  • Yahyo Mambetov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik yo‘nalishi, 4-bosqich talabasi Author

Keywords:

Nasl-nasab ilmi, Qur’oni karim, Hadis, pokiza nasl muhofazasi, Abdulloh ibn Muborak, Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Imom G’azzoliy,

Abstract

Ushbu maqolada muqaddas islom dinimizda nasl nasabning muhumligi va oilalarning tinchligi va faravonligini ta’minlashdagi ahamiyati haqida so’z boradi. Islomda nasab (qavm, avlod) muhim ijtimoiy va diniy jihatlarga ega bo‘lib, insonning o‘z kelib chiqishini, nasl-nasabini, oilasini va jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘liqdir. Qur'oni karim va hadisda nasab, insonning shaxsiy va diniy hayotida o‘ziga xos ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan. Nasabning muhimligi, avvalo, har bir insonning o‘z o‘rnini va mas'uliyatini bilishiga yordam beradi.

Nasab, shuningdek, oila tizimini mustahkamlashda, hurmat va adolatni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Islomda oila, din va jamiyatning mustahkam poydevori sifatida qabul qilinadi va nasabning to‘g‘riligi oilaviy munosabatlar, huquqlar va mas'uliyatlar ustida katta ta'sir ko‘rsatadi.

References

1 https://oliymahad.uz/43119 Yo’ldoshxodjayeva Xojiyahon

2 Qur’oni Karim

3 “Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri” Shayh Abdulaziz Mansur “Munir” nashriyoti Toshkent 2021.

4 “Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti” Ahadquli Xolmuhammad o‘g‘li “Ilm Ziyo Zakovat” nashriyoti Toshkent 2021.

5 “Sog’lom bola” Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “HILOLNASHR” nashriyoti, Toshkent 2023.

Downloads

Published

2025-11-30