PEDAGOGIK TA’LIMDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN YONDASHUV ORQALI KOMMUNIKATIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYALARI
Keywords:
bo‘lajak o‘qituvchi, ijtimoiy-kommunikativ kompetensiya, innovatsion metodlar, interfaol ta’lim, pedagogik yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv, refleksiya, o‘zaro muloqot, raqamli ta’lim, jamoviy ishlash, empatiya, media savodxonlik, simulyatsiya, trening, muammo asosli ta’lim.Abstract
Mazkur maqolada pedagogik ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida kommunikativ madaniyatni rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari va samarali strategiyalari tahlil qilingan. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv o‘quvchining individual xususiyatlarini, ijtimoiy tajribasini va psixologik ehtiyojlarini hisobga olib, uni faol subyekt sifatida rivojlantirishga xizmat qiladi. Muallif pedagogik muloqot, interfaol metodlar, reflektiv yondashuvlar, trening va loyiha asosli o‘qitish orqali kommunikativ kompetensiyani shakllantirish yo‘llarini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, media vositalar va raqamli muhitdan foydalanish orqali o‘qituvchilar va talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.