O‘ZBEKISTONNING TURIZM KORXONALARIDA INVESTITSION FAOLIYATNI BAHOLASH VA KORPORATIV BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Keywords:
turizm sohasi, investitsion faoliyat, korporativ boshqaruv, iqtisodiy o‘sish, aksiyadorlik jamiyati, xususiy sektor, shaffoflik, investitsion samaradorlik.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston turizm sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar misolida investitsion faoliyat samaradorligi va korporativ boshqaruv mexanizmlarining o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilindi. So‘nggi yillarda mamlakatda turizm tarmog‘iga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi sezilarli darajada oshib, iqtisodiyotning barqaror o‘sishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, korporativ boshqaruvning shaffoflik, hisobdorlik va manfaatdor tomonlar bilan aloqadorlik kabi tamoyillari sohada samaradorlikni oshirishning muhim omillaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari (“Uzbekistan Airways”, “Samarkand Touristic Center”) hamda xususiy sektor korxonalari (“Silk Road Destination”,) misolida investitsion faoliyat va boshqaruv amaliyoti qiyosiy o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, korporativ boshqaruv mexanizmlarini to‘liq joriy etgan korxonalarda investitsion jozibadorlik, moliyaviy natijalar va iqtisodiy barqarorlik yuqoriroq darajada namoyon bo‘ladi. Maqola yakunida turizm korxonalarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda investitsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5611-son qarori.
2.O‘zbekiston Respublikasi “Korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi qonuni, 2015-yil 6-may.
3.O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. (www.stat.uz)
4.OECD (2015). G20/OECD Principles of Corporate Governance. Paris: OECD Publishing.
5.UNWTO (2023). Tourism Investment and Economic Development Report. Madrid: United Nations World Tourism Organization.
6.Karimov, A. (2022). “Turizm korxonalarida investitsion faoliyat samaradorligini oshirish omillari.” Iqtisodiyot va innovatsiyalar jurnali, №3.
7.Rasulov, D. (2021). “Korporativ boshqaruvning milliy modeli va uning O‘zbekistondagi rivojlanish tendensiyalari.” Toshkent moliya instituti axborotnomasi, №2.