BOLALARDA TEMIR TANQISLIGI ANEMIYASI: ETIOLOGIYASI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI
Keywords:
temir tanqisligi anemiyasi, gemoglobin, eritrotsit, bolalar, temir preparatlari, profilaktika.Abstract
Temir tanqisligi anemiyasi (TTA) bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan mikronutrient yetishmovchiligi hisoblanadi. Ushbu kasallik organizmda temir moddasining yetishmasligi natijasida gemoglobin sintezining buzilishi va eritrotsitlar sonining kamayishi bilan tavsiflanadi. Temir tanqisligi bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, immunitetni pasaytiradi hamda turli infeksion kasalliklarga moyillikni oshiradi. Maqolada bolalarda temir tanqisligi anemiyasining etiologiyasi, klinik belgilari, diagnostikasi, davolash va profilaktika usullari yoritilgan.