FIZIKA FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYALARNING O‘RNI
Abstract
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, tabiiy fanlarni, jumladan fizika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va raqamli vositalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Fizika fani tajriba va kuzatishlarga asoslangan fan hisoblanganligi sababli laboratoriya mashg‘ulotlari alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq barcha ta’lim muassasalarida ham zamonaviy laboratoriya jihozlari yetarli emas. Shu sababli virtual laboratoriyalardan foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
References
1.O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
2.Ishmuhamedov R. “Pedagogik texnologiyalar”. Toshkent, 2020.
3.Nurmatov A. “Fizika o‘qitish metodikasi”. Toshkent, 2019.
4.PhET Interactive Simulations platformasi materiallari.
5.Zamonaviy axborot texnologiyalariga oid ilmiy maqolalar va internet manbalari