PROBATSIYA XIZMATI NAZORATI OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIY, HUQUQIY VA PSIXOLOGIK ISHLARNING YO`NALISHLARI, SHAKLLARI VA UNI REJALASHTIRISH NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI.
Abstract
Mazkur maqolada probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslar bilan olib boriladigan ijtimoiy, huquqiy va psixologik ishlarning yo‘nalishlari, ularni amalga oshirish shakllari hamda mazkur faoliyatni samarali tashkil etish va rejalashtirish masalalarini kompleks o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishida probatsiya institutining nazariy-huquqiy asoslari, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzar shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishdagi roli chuqur ilmiy tahlil etilgan. Ishda probatsiya nazorati ostidagi shaxslarning huquqiy maqomi, ularning huquq va majburiyatlari, qonunchilikda belgilangan cheklovlar hamda ularning ijtimoiy muhitga moslashuvi bilan bog‘liq muammolar tizimli yondashuv asosida ko‘rib chiqilgan. Xususan, ushbu toifadagi shaxslarning bandlik darajasi pastligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, oilaviy va ijtimoiy muhitdagi salbiy omillar, psixologik beqarorlik va ijtimoiy stigmatizatsiya kabi muammolar tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida probatsiya xizmatida amalga oshiriladigan ijtimoiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, ularni mehnat bozoriga integratsiya qilish, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish, oilaviy muhitni mustahkamlash va ijtimoiy yordam ko‘rsatish mexanizmlari o‘rganilgan. Huquqiy ishlar doirasida esa nazorat ostidagi shaxslarga huquqiy maslahatlar berish, ularning huquqiy ongini oshirish, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar tahlil qilingan. Psixologik ishlar yo‘nalishida shaxslarning psixologik diagnostikasi, individual va guruhiy psixokorreksion ishlar, stress, agressiya va deviant xulq-atvorni bartaraf etishga qaratilgan usullar yoritilgan. Shuningdek, probatsiya faoliyatini tashkil etishning asosiy shakllari, jumladan, individual profilaktik ishlar, guruhiy mashg‘ulotlar, reabilitatsion dasturlar, ijtimoiy hamkorlik mexanizmlari hamda idoralararo hamkorlik masalalari keng yoritilgan.
References
O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – 22.09.1994 – Toshkent
O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi // URL: http:// lex.uz/docs/163629
o‘zbekiston Respublikasining Qonuni – “Ichki ishlar organlari to’g’risida”,O‘RQ – 407, 16.09.2016-yil
o‘zbekiston Respublikasining Qonuni – “Probatsiya to‘g‘risida”, O‘RQ – 938, 07.08.2024-yil https://www.lex.uz/uz/docs/7050441
o‘zbekiston Respublikasining Qonuni – “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, O‘RQ – 681, 20.04.2021-yil
o‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug’i –“Probatsiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to’g’risidagi Yo`riqnomani tasdiqlash haida”-IIV-403,19.07.2025
Internet resurslar: www.lex.uz – O‘zbekiston qonunchilik bazasi.
Internet saytlar: http://www.https://uz.wikipedia.
http://www.insonhuquqlari.uz/oz/menu/makumlarning-uulari www.norma.uz