ZIYOVIDDIN MANSUR SHE’RIYATIDA QO‘LLANGAN ANAFORALARNING LEKSIK - SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Ziyoviddin Mansur, she’riyat, anafora, badiiy takror, leksik-semantik tahlil.Abstract
Ushbu maqolada Ziyoviddin Mansur she’riyatida anafora usulining qo‘llanilishi leksik-semantik va sintaktik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda badiiy takrorlarning asar mazmunini kuchaytirish, matnga musiqiylik bag‘ishlash va emotsional ta’sirchanlikni ta’minlashdagi roli ochib berilgan. Shuningdek, anaforalar so‘z turkumlari va gap bo‘laklari kesimida tasniflangan.