ONKOLOGIYA, PSIXIATRIYA, GERONTOLOGIYA VA PEDIATRIYADA DEONTOLOGIK YONDASHUVLARNING INTEGRATIV MODELI
Keywords:
deontologiya, tibbiyot etikasi, bemor markazli yondashuv, moslashuvchan mustaqillik, empatik muloqot, etik qaror qabul qilish, onkologiya, psixiatriya, gerontologiya, pediatriya, bioetik tamoyillarAbstract
Mazkur maqolada onkologiya, psixiatriya, gerontologiya va pediatriya sohalarida qo‘llaniladigan deontologik yondashuvlar tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos jihatlari ochib berildi. Tadqiqot davomida ushbu yo‘nalishlarda uchraydigan asosiy etik muammolar — bemor mustaqilligi, axborot yetkazish, majburiy davolash va qaror qabul qilish kompetentligi masalalari chuqur o‘rganildi. Tahlillar asosida deontologik yondashuvlarni yagona tizimga birlashtiruvchi integrativ model taklif etildi. Ushbu model bemor markazli yondashuv, moslashuvchan mustaqillik, empatik muloqot va tizimli etik qaror qabul qilish tamoyillariga asoslanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integrativ modelni amaliyotga joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirish, bemor huquqlarini himoya qilish va shifokor faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
1. Axmedov A.A. Tibbiyot deontologiyasi asoslari. – Toshkent: Ibn Sino, 2019.
2. Karimov Sh.I. Tibbiyot etikasi va deontologiya. – Toshkent, 2020.
3. Rasulov X.R. Klinik etika. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
4. Yo‘ldoshev B.T. Psixiatriyada deontologiya. – Toshkent, 2018.
5. Nurmatova D.S. Pediatriyada etik muammolar. – Toshkent, 2022.
6. Ismoilov F.A. Gerontologiya asoslari. – Toshkent, 2017.
7. Xudoyberdiyev M.K. Onkologik bemorlar bilan muloqot etikasi. – Toshkent, 2021.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Tibbiyot xodimlarining etik kodeksi, 2020.