SPEKTRAL RENTGEN KOMPYUTER TOMOGRAFIYASIDA SPEKTRAL BUZILGAN CHIZIQLI YUTILISH KOEFFITSIYENTLARINI TO‘G‘IRLASH USULI

Authors

  • Tajiyeva Roziyajon Adilbekovna Author
  • Jumanazarov Doniyor Rustamovich Author

Keywords:

Koʻp energiyali rentgen KT, Foton hisoblagich detektorlar, Miqdoriy rentgen xarakteristikasi, Ma’lumotlarni qayta ishlash usullari.

Abstract

Ko‘p energiyali rentgen kompyuter tomografiyasida (KT) qo‘llaniladigan foton sanagich detektorlar (FSD) yuqori energiya ajratish qobiliyatini ta’minlaydi, ammo spektral buzilishlarga duch keladi. Bu buzilishlar zaryad almashinuvi, impuls to‘planishi va to‘liqsiz zaryad yig‘ilishi kabi fizikaviy hodisalardan kelib chiqadi. Natijada rekonstruksiya qilingan chiziqli susaytirish koeffitsientlari (CHSK) noto‘g‘ri bo‘lib qoladi, ayniqsa past energiyalarda. Ushbu ishda biz spektral buzilgan CHSK larni proyeksiya domenida tuzatishning hisoblash jihatdan samarali usulini taklif etamiz. Usul kiruvchi rentgen spektrining yoki oqim taqsimotining oldindan ma’lum bo‘lishini talab qilmaydi. Taklif etilayotgan usul xom proyeksiya ma’lumotlariga kanal bo‘yicha chiziqli va chiziqli bo‘lmagan parametrlashtirishni qo‘llaydi, parametrlar ma’lum referens materiallardan kalibrlanadi. Optimal parametrlar har bir energiya kanali uchun rekonstruksiya qilingan va jadval CHSK lar orasidagi farqni minimallashtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Olingan parametrlar o‘rtacha qiymatga keltirilib, noma’lum materiallarning proyeksiya ma’lumotlarini tuzatish uchun qo‘llaniladi. Tajribaviy tekshiruv FSD dan olingan turli sinov materiallari ustida o‘tkazildi. Natijalar usul ko‘p energiyali CHSK larni butun energiya diapazonida yuqori aniqlik bilan tiklashini, ayniqsa past energiyalarda mavjud eng zamonaviy usul muvaffaqiyatsiz bo‘lgan joyda kuchli natija berishini ko‘rsatdi. Dreier va boshqalarning proyeksiya domeni usuli bilan solishtirganda, taklif etilayotgan usul 30 keV dan past energiyalarda aniqroq CHSK bahosini beradi, ixcham ma’lumot hajmini saqlab qoladi va hisoblash yuklamasini oshirmaydi. Usul turli KT tizimlari, rentgen spektrlari va detektor konfiguratsiyalariga osongina moslashtiriladi hamda spektral KT tasvirlashda miqdoriy material xarakteristikasini yaxshilash uchun foydalidir.

References

[1] K. Taguchi, R. Ballabriga, M. Campbell, D. Darambara, Photon counting detector computed tomography, IEEE Transactions on Radiation and Plasma Medical Sciences 6 (2022) 1–4.

[2] G. Beldjoudi, V. Rebuffel, L. Verger, V. Kaftandjian, J. Rinkel, Multidimensional data processing methods for material discrimination using an ideal X-ray spectrometric photon counting detector, IEEE Transactions on Nuclear Science 58 (2011) 3190–3203.

[3] G. Beldjoudi, V. Rebuffel, L. Verger, V. Kaftandjian, J. Rinkel, An optimised method for material identification using a photon counting detector, Nuclear Instruments and Methods in Physics Research Section A: Accelerators, Spectrometers, Detectors and Associated Equipment 663 (2012) 26–36.

[4] P. M. Shikhaliev, Energy-resolved computed tomography: First experimental results, Physics in Medicine and Biology 53 (2008) 5595–5613.

[5] Y. Yuan, B. Tracey, E. Miller, Robust x-ray based material identification using multi-energy sinogram decomposition, Anomaly Detection and Imaging with X-Rays (ADIX) 9847 (2016) 207–219.

[6] N. Kimoto, H. Hayashi, T. Asahara, Y. Kanazawa, T. Yamakawa, S. Yamamoto, M. Yamasaki, M. Okada, Development of a novel method based on a photon counting technique with the aim of precise material identification in clinical x-ray diagnosis, Medical Imaging 2017: Physics of Medical Imaging 10132 (2017) 858–868.

[7] K. Taguchi, J. S. Iwanczyk, Vision 20/20: Single photon counting x-ray detectors in medical imaging., Medical physics 40 (2013) 100901.

[8] N. G. Anderson, A. P. Butler, Clinical applications of spectral molecular imaging: Potential and challenges, Contrast Media and Molecular Imaging 9 (2014) 3–12.

[9] K. Taguchi, I. Blevis, K. Iniewski, Spectral, photon counting computed tomography: technology and applications, CRC Press, 2020.

[10] M. Danielsson, M. Persson, M. Sjölin, Photon-counting x-ray detectors for ct, Physics in Medicine & Biology 66 (2021) 03TR01.

[11] V.Rebuffel,J.Rinkel, J.Tabary, L.Verger, NewperspectivesofX-raytechniquesforexplosive detection based onCdTe/CdZnTespectrometric detectors, in: Proc. of the Int. Symp. on Digital Industrial Radiology and Computed Tomography, volume 2, 2011, pp. 1–8.

[12] M.Busi, K. A. Mohan, A. A. Dooraghi, K. M. Champley, H. E. Martz, U. L. Olsen, Method for system-independent material characterization from spectral X-ray CT, NDT & E International 107 (2019) 102136.

[13] D. Jumanazarov, J. Koo, M. Busi, H. F. Poulsen, U. L. Olsen, M. Iovea, System-independent material classification through X-ray attenuation decomposition from spectral X-ray CT, NDT and E International 116 (2020) 102336.

[14] D. Jumanazarov, A. Alimova, A. Abdikarimov, J. Koo, H. F. Poulsen, U. L. Olsen, M. Iovea, Material classification using basis material decompositionfromspectralx-rayct, NuclearInstrumentsandMethodsinPhysicsResearchSectionA:Accelerators, Spectrometers, Detectors and Associated Equipment 1056 (2023) 168637.

[15] D. Jumanazarov, A. Alimova, S. K. Ismoilov, F. Atamurotov, A. Abdikarimov, U. L. Olsen, Method for the determination of electron density from multi-energy x-ray ct, NDT and E International 145 (2024).

[16] D. Jumanazarov, J. Koo, J. Kehres, H. F. Poulsen, U. L. Olsen, M. Iovea, Material classification from sparse spectral x-ray ct using vectorial total variation based on l infinity norm, Materials Characterization 187 (2022).

Downloads

Published

2026-04-20