SHAXS RIVOJLANISHI VA O'SMIRLIK DAVRIDAGI INQIROZ.
Keywords:
O’smirlik, xulq-atvor, Men-konsepsiyasi, depressiya, addiktiv xulq-atvor, temperament, xarakter, qobiliyat.Abstract
Inson dunyoga kelar ekan, ma’lum muhit ta’sirida, ijtimoiy-sotsial sharoit negizida shaxs degan maqomga ega bo‘ladi. Shaxs o‘zaro tashqi muhit bilan aloqador bo‘lganligi sababli, ijtimoiylashuv amaliyotini boshidan kechiradi. Shu bilan birgalikda ushbu ijtimoiylashuv jarayonida shaxs psixikasidagi individuallik xususiyatlari (temperament, xarakter, qobiliyat) qaror topadi va rivojlanadi. O’smirlikning psixologik jihati birinchi o’ringa chiqadi. Aqliy rivojlanish hissiylik va qo’zg’aluvchanlikning kuchayishi bilan tavsiflanadi. O’zining jismoniy o’zgarishlarini his qilgan o’smir o’zini kattalar kabi tutishga harakat qiladi. Haddan tashqari faollik va asossiz o’ziga ishonchni ko’rsatib, u kattalarning yordamini tan olmaydi. Negativizm va kattalik hissi o’smir shaxsining psixologik yangilanishidir. Maqolada shaxs rivojlanishi va o’smirlik davridagi inqirozlar haqida soʻz yuritiladi
References
1.Зеленков М. И. Сотсиално-психологические проблемы конфликтов. Учебное пособие.- М.: Юридический институт МИИТа, 2003.
2.R.N.Melibayeva, U.A.Tashkenbayeva, N.A.Askarova. // Yosh va pedagogik psixologiya. Darslik // “TIBBIYOT NASHIRIYOTI MATBAA UYI” MChJ Toshkent – 2022, 156-158 b.
3.Прихожан А. М. Проблема подросткового кризиса // Психологическая наука и образование. — 1997.
4.Смирнов А.А. Психология ребенка и подростка // Избр. психол. тр.: В 2т. - М,1987. - Т.1. 5.David G. Myers. Psychology, 2010 by Worth Publishers. 200- p.