BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
ta’lim, tarbiya, kreativlik, fikrlash, ijodkorlik, mashq, erkinlik, metodika, tafakkur, shug‘ullanishAbstract
Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlik va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish masalalari atroflicha yoritilgan. Bugungi jadal o‘zgarib borayotgan axborotlashgan jamiyatda o‘quvchilarga faqat tayyor bilimlarni berish yetarli emas, balki ularda muammolarga nostandart yechimlar topish va yangi g‘oyalarni o‘rtaga tashlash ko‘nikmasini rivojlantirish hayotiy zaruratga aylangan. Shu bilan birga, kichik yoshdagi o‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda, dars jarayonida qo‘llaniladigan “aqliy hujum”, “ sinergetika”, “muammoli ta’lim” va loyihaviy o‘qitish kabi innovatsion metodlarning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchining kreativ muhitni yaratishdagi ro‘li, darsliklardagi ijodiy topshiriqlarning mazmuni va o‘qituvchi shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning kreativ salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur maqola boshlang‘oich sinf o‘qituvchilari, pedagogika sohasi tadqiqotchilari va talabalar uchun mo‘ljallangan.
References
1. Xodjaev B.X. “Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti” T.: Sano-Standart, 2017.
2. Pedagogika. // M.Toxtadjaevaning umumiy tahriri ostida T.:
O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010
3. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. “Pedagogika nazariyasi va tarixi”. T.: Fan va texnologiyalar. 2010
4. Hoshimov.K, Nishonova.S va boshqalar Pedagogika. T.: Fan va texnologiyalar 2010.
5. N. Saidahmedov “Pedagogik mahorat”
6. N. Hoshimov “Pedagogik nazariya va tarixi”