SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA PHISHING HUJUMLARINI ANIQLASH USULLARINI TAHLIL QILISH
Keywords:
phishing, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, mashinaviy o‘qitish, Random Forest, SVM.Abstract
So‘nggi yillarda kiberjinoyatlar soni keskin oshib borayotganligi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash muhim masalaga aylandi. Ayniqsa, phishing hujumlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashda keng qo‘llanilayotgan usullardan biri hisoblanadi. An’anaviy himoya mexanizmlari ko‘pincha yangi turdagi hujumlarni aniqlashda yetarli darajada samarali emas. Shu sababli sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish algoritmlaridan foydalanish phishing hujumlarini aniqlashda istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada phishing hujumlarini aniqlashda qo‘llaniladigan sun’iy intellekt usullari tahlil qilinadi. Jumladan, logistika regressiyasi, tasodifiy o‘rmon (Random Forest), qo‘llab-quvvatlovchi vektor mashinalari (SVM) va neyron tarmoqlar kabi algoritmlarning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida turli algoritmlar yordamida phishing va legitim veb-sahifalarni aniqlash natijalari qiyosiy tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, mashinaviy o‘qitish algoritmlari phishing hujumlarini aniqlash aniqligini sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, ansambl metodlari va chuqur o‘rganish modellari yuqori aniqlik ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari axborot xavfsizligi tizimlarini yanada takomillashtirish va real vaqt rejimida phishing hujumlarini aniqlash tizimlarini yaratishda qo‘llanilishi mumkin.
References
1. Gupta B., Arachchilage N., Psannis K. Defending against phishing attacks. Future Generation Computer Systems, 2018.
2. Jain A., Gupta B. Phishing detection using machine learning. IEEE Conference on Cyber Security, 2017.
3. Aljofey A. URL-based phishing detection using deep learning. Computers & Security, 2020.
4. Goodfellow I., Bengio Y., Courville A. Deep Learning. MIT Press, 2016.
5. Sodikova N.I. Sun’iy intellekt asosida talaba bilimini baholash tizimlari. – Toshkent: Axborot texnologiyalari ilmiy jurnali, 2023.
6. Sodikova N.I., Axmedov B. Raqamli ta’lim muhitida adaptiv o‘qitish texnologiyalari. – Oliy ta’lim muammolari jurnali, 2022.
7. Sodikova N.I. Ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash istiqbollari. – Zamonaviy axborot texnologiyalari konferensiyasi materiallari, 2024.
8. Abdukarimov A., Karimov B. Kiberxavfsizlik va phishing hujumlarini aniqlash usullari. – TATU ilmiy jurnali, 2021.
9. Turg‘unov O. Axborot xavfsizligi asoslari. – Toshkent: Fan, 2020.