ANTIK DAVR YUNON ADABIYOTI
Keywords:
Antik, xalq og‘zaki ijodi, maqol, matal, topishmoq, hikoya, afsona, mif Lotin tilidagi «antik» (antiques) so’zining ma’nosi «qadimgi» demakdur. Qadimgi zamon yozuvchilari asarlarning jozibasi yolg’iz ularning nozik latofatida, yuksak badiiy mahoratida bo’lgan emas.Abstract
Qadim - qadim zamondan taxminan bundan 2007-2008-yillar muqaddam Yevropa tuprog’idagi kichkina mamlakatlardan biri – Yunonistonda yozma badiiy ijodning dastlabki namunalari yuzaga kela boshlaydi. Yunonistonda tug’ilib, keyinchalik yuksak kamolot bosqichiga ko’tarilgan bu adabiyot eramizdan avvalgi III asrda Rim madaniyatining barpo etilishida, tarkib topishida ham katta o’rnak bo’ldi. yer yuzidagi ana shu ikki qadimiy xalq yaratgan madaniyat, san’at va adabiyot antik madaniyat, antik adabiyot deb ataladi.