POLIKISTIK TUXUMDON SINDROMI (PCOS) VA UNI OLDINI OLISH TAMOYILLARINING AMALIY TIBBIYOTDA INTEGRATSIYASI
Keywords:
Polikistik tuxumdon sindromi, PCOS, giperandrogenizm, insulin qarshiligi, metabolik sindrom, profilaktika, hayot tarzini oʻzgartirish, reproduktiv salomatlik.Abstract
Polikistik tuxumdon sindromi (PCOS) – reproduktiv yoshdagi ayollarda eng keng tarqalgan endokrin patologiyalardan biri boʻlib, giperandrogenizm, xronik anovulyatsiya va polikistik tuxumdon morfologiyasi bilan tavsiflanadi. PCOS nafaqat reproduktiv (abort) va metabolik (insulin qarshiligi, semirish, 2-toifa qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari) muammolarga, balki psixologik va ijtimoiy oqibatlarga (depressiya, sifat pasayishi) ham olib keladi. Ushbu maqolada PCOS ning zamonaviy tushunchasi, etiopatogenezi, diagnostik mezonlari va asosiy eʼtibor uning oldini olish tamoyillariga qaratiladi. Maqolada semirish, insulin qarshiligi va hayot tarzining profilaktik ahamiyati, shuningdek, shifokor-hamshira-bemor oʻzaro hamkorligi modeli asosida erta aralashuv strategiyalari tahlil qilinadi. PCOS oldini olishda individual yondashuv, ovqatlanish, jismoniy faollik, stressni boshqarish, muntazam tibbiy kuzatuvning amaliy ahamiyati va natijalari yoritilgan. Xulosa qilib, PCOS ni erta tashxislash va kompleks profilaktika choralarini amalga oshirish reproduktiv va umumiy salomatlikni saqlash, kasallikning ogʻir asoratlarini kamaytirishda hal qiluvchi rol oʻynashi taʼkidlangan.
References
1. Rotterdam ESHRE/ASRM-Sponsored PCOS Consensus Workshop Group. Revised 2003 consensus on diagnostic criteria and long-term health risks related to polycystic ovary syndrome (PCOS). Hum Reprod. 2004.
2. Teede, H.J., et al. Recommendations from the international evidence-based guideline for the assessment and management of polycystic ovary syndrome. Hum Reprod. 2018.
3. Moran, L.J., et al. Lifestyle changes in women with polycystic ovary syndrome. Cochrane Database Syst Rev. 2011.
4. Legro, R.S., et al. Diagnosis and Treatment of Polycystic Ovary Syndrome: An Endocrine Society Clinical Practice Guideline. J Clin Endocrinol Metab. 2013.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi. Ayollar reproduktiv salomatligi boʻyicha klinik koʻrsatmalar. 2020.
6. Pal, L., & Katiyar, P. Polycystic ovary syndrome: current and emerging concepts. 2014.
7. Domecq, J.P., et al. Adverse effects of the common treatments for polycystic ovary syndrome: a systematic review and meta-analysis. J Clin Endocrinol Metab. 2013.