YOSH OILALARDA KELAJAKDAN XAVOTIRLANISH MUAMMOSINING TURLARI VA NAZARIY TAHLILI
Keywords:
oila, xavotirlik, psixologiya, inson, munosabat, salbiy oqibat, mehr, hurmat, mehribonlik, ruhiyat.Abstract
Oila — jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sanaladi. Har bir inson oilaviy hayotda baxtli, tinch va totuv yashashni istaydi. Biroq, ba’zan turli ruhiy holatlar oilaviy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shulardan biri — xavotirlik hissidir. Bu hissiyot inson ruhiyatida doimiy noaniqlik, qo‘rquv va bezovtalik holatini keltirib chiqaradi. Agar bu holat vaqtida bartaraf etilmasa, juftlar o‘rtasidagi ishonch va mehr-muhabbatga putur yetkazib, hatto ajrimga ham olib kelishi mumkin. Xavotirlikning o`zi nima? Xavotirlik – yuqorida aytganimizdek, inson psixikasining o‘ziga xos holati bo‘lib, kutilmagan, noma’lum va noaniq vaziyatlardan xavotirlanish, ruhiy bezovtalik va hadik hissi bilan namoyon bo‘ladi.
References
1. Erkaboyeva N. "Oila psixologiyasi", Toshkent, 2018.
2. G'ofurova M. "Ijtimoiy psixologiya asoslari", Toshkent, 2020.
3. Sharipov M. "Psixologik maslahat asoslari", Toshkent, 2019.
4. Fromm E. "Erkinlikdan qochish", Toshkent tarjimasi, 2015.
5. Maslow A. "Motivatsiya va shaxsiyat", Moskva, 2012.
6. O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi” va unga oid normativ hujjatlar