“MUZEYLAR – TARIX TILSIMOTI, QADRIYAT BESHIGI”
Abstract
Muzeylar ajdodlardan meros bo'lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy xazina. Yillar davomida boyib, to'lib boraveradigan bu xazina faqatgina madaniy qadriyatlar namoyishigina bo'lib qolmay, uzoq tarix sahifalaridan so'zlovchi bebaho kitob hamdir. Istiqlol yillarining dastlabki kunlaridanoq, madaniyat sohasida ham tub o‘zgarishlar yuz berib, xalqimiz ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish millatimiz tarixiy-ilmiy, madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasigacha ko‘tarildi.