JANUBI-G‘ARBIY HISOR TIZMASI TARMOQLARIDA KARST G‘ORLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Keywords:
Hisor tizmasi, janubi-g‘arbiy tarmoqlar, karst g‘orlari, ekologik ahamiyat, ilmiy tadqiqotlar, turizm, muhofaza qilish, biologik xilma-xillik, ekoturizm, ekologik barqarorlik, geologik yodgorliklar.Abstract
Maqolada O‘zbekistonning janubidagi Hisor tizmasi janubi-g‘arbiy tarmoqlarida joylashgan karst g‘orlari va ularning ekologik, ilmiy hamda turistik ahamiyati keng yoritiladi. G‘orlar nafaqat geologik yodgorlik sifatida, balki o‘simlik va hayvonot dunyosi uchun muhim yashash joylari sifatida o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada g‘orlarning shakllanish jarayonlari, ekologik tizimlarga ta’siri, turizm rivoji va ularni muhofaza qilish zarurati batafsil ko‘rib chiqiladi. G‘orlarni tabiiy holatda saqlash va ularning ilmiy va turistik salohiyatidan oqilona foydalanish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks chora-tadbirlar taqdim etiladi.
Maqolada g‘orlarning ahamiyati va ekologik xavfsizlikni ta’minlashdagi roli, turizmni rivojlantirish imkoniyatlari ham yoritilgan. Hisor tizmasi g‘orlarini muhofaza qilish uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar va tabiatni asrashning dolzarbligi haqida fikrlar bayon etilgan. G‘orlarni ilmiy, ekologik va turistik jihatdan to‘g‘ri boshqarish orqali nafaqat tabiatni saqlash, balki ularni barqaror foydalanish imkoniyatlarini ham yaratish mumkinligi tushuntirilgan.
References
1. Baratov P. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.: “O‘qituvchi” nashriyot 1996.
2. Baratov P, Mamatqulov M, Rafiqov A. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. O‘quv qo‘llanma Toshkent.: “O‘qituvchi” nashryoti, 2002
3. Мўминов О. “Турфа олам” Тошкент “Ўзбекистон” 1982
4. P.Baratov A. Soatov “Umumiy tabiiy geografiya” O‘qituvchi Toshkent 2005
5. P. G‘ulomov H. Vahobov O‘rta osiyo tabiiy geografiyasi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi «O‘qituvchi» - Toshkent — 2017
6. Ashurov J.S. “Cho’llardagi samum, kuy va sarob” Экономика и социум. 2024