QALAMPIR YALPIZ (MENTHA PIPERITA L.) NI DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
gul, meva, to‘rt qirrali, shoxlangan, barg, yong‘oqcha, efir moyi, menton, pinenlor, diterpen, femadren, sineol, pulegon, mentol efiri, valereon.Abstract
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida kamida 1557 dorivor o‘simlik turlari o‘sishi ma’lum bo‘lib, ular qadimdan O‘rta Osiyo va unga yaqin xalqlarning xalq tabobati va ilmiy tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanib kelinadi. Shu bois dorivor o‘simliklarning biologik xilma-xilligini saqlash, ularning resurslarini inventarizatsiya qilish, zaxiralarini baholash va ulardan oqilona hamda barqaror foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadlarda, Samarqand viloyati sharoitida madaniylashtirilayotgan achchiq yalpiz (Mentha piperita L.) o‘simligining biologik xususiyatlari o‘rganilmoqda. Tadqiqot jarayonida o‘simlikning morfologik (guli, mevasi, to‘rt qirrali shoxlangan poyasi, barg tuzilishi, yong‘oqchasi) va biokimyoviy (efir moyi tarkibi: menton, pinenlor, diterpen, femadren, sineol, pulegon, mentol efiri, valereon) ko‘rsatkichlari aniqlanmoqda.