MARKAZIY OSIYODA GEPATIT B VIRUSINING TARQALISHI VA OLDINI OLISH CHORALARI

Authors

  • Abdurahimov Abbos Akramjon o'g'li Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent, 10019, Olmazor tumani Forobiy ko'chasi 2-uy Author

Keywords:

gepatit B, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston, vaksinalash, yuqori xavf guruhlari, sog‘liqni saqlash, infeksiya, profilaktika, HBV, jigar kasalliklari

Abstract

Ushbu maqola Markaziy Osiyo mintaqasida gepatit B virusining (HBV) tarqalishi va uni oldini olish choralari tahliliga bag‘ishlangan. Tezisda HBV virusining biologik xususiyatlari, yuqish yo‘llari va epidemiologik ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlatlarida kasallikning tarqalish holati statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinib, yuqori xavf guruhlari aniqlangan. Shuningdek, vaksinalash dasturlari, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, jamoatchilikni xabardor qilish va xavf guruhlari bilan olib boriladigan ishlar kabi samarali profilaktika choralariga e’tibor qaratilgan. Muallif HBVga qarshi kurashishda tizimli va ko‘p yo‘nalishli yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.

Downloads

Published

2025-07-22