OQOVA SUVLARNI MIKROO‘TLAR YORDAMIDA BIOFILTRATSIYALASH VA OLINGAN BIOMASSANI AKVAKULTURADA QIYMATLI BIO-YEM SIFATIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Keywords:
mikroo'tlar, Chlorella vulgaris , biofiltratsiya, oqova suv, fitoremediatsiya, biomassa, akvakultura, bio-yem, azot, fosfor.Abstract
Ushbu tadqiqot ishida oqova suvlarni mikroo‘tlar yordamida fitoremediatsiya usulida tozalash hamda hosil bo‘lgan biomassadan akvakultura sohasida qiymatli bio-yem sifatida foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. Tajriba davomida Chlorella vulgaris mikroo‘t shtammidan foydalanilib, oqova suv tarkibidagi azot va fosfor birikmalarining o‘zlashtirilish dinamikasi hamda biomassa to‘planish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 10 kunlik kultivatsiya davomida oqova suvdagi azot birikmalari 82% ga, fosfatlar esa 78% ga kamayishi va suvning chuqur biofiltratsiyalanishi kuzatildi. Olingan biomassaning biokimyoviy tahlili undagi xom oqsil (crude protein) miqdori 46% ni tashkil etishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar Chlorella vulgaris biomassasidan baliqchilikda an’anaviy ozuqa komponentlarining o‘rnini bosuvchi yuqori oziqaviy qiymatga ega bio-qo‘shimcha sifatida foydalanishning ilmiy va amaliy samaradorligini isbotlaydi.
References
1. Abdel-Tawwab, M., & Ahmad, M. H. (2009). Live spirulina (Arthrospira platensis) or Chlorella vulgaris as growth promoters and immune enhancers for Nile tilapia (Oreochromis niloticus). Aquaculture Research, 40(9), 1037–1046.
2. Abdel-Rhman, A. M., et al. (2023). The Effect of the Microalgae Chlorella vulgaris on the Gut Microbiota, Growth Performance, and Health Status of Aquatic Animals: A Review. Life, 13(4), 982.
3. Koreivienė, J., Valčiukas, R., & Karosienė, J. (2014). Testing of Chlorella/Scenedesmus microalgae consortia for remediation of wastewater and biomass production. Journal of Environmental Engineering and Landscape Management, 22(2), 108–118.
4. Ruiz-Marin, A., Mendoza-Espinosa, L. G., & Stephenson, T. (2010). Growth and nutrient removal capabilities of Spirulina and Scenedesmus obliquus in domestic wastewater. Bioresource Technology, 101(1), 58–64.
5. Sarker, P. K., Kapuscinski, A. R., et al. (2020). Towards sustainable aquafeeds: Complete replacement of fish oil with marine microalga Schizochytrium sp. in feeds for Nile tilapia (Oreochromis niloticus). PLoS ONE, 15(11), e0242259.
6. Wang, Y., et al. (2021). Microalgae-based wastewater treatment and nutrient recovery for circular bioeconomy. Water Research, 198, 117192.
7. Abdusayitov, J. S. (2026). Oqava suvlarni biotexnologik tozalashning zamonaviy usullari va mikroo‘tlar biomassasidan foydalanish imkoniyatlari. New Modern Researchers, 2(9), 145–150. Doi: 10.5281/zenodo.23121107