ABU NASR FAROBIY HAYOTIY FAOLIYATI VA ASARLARI TAHLILI

Authors

  • G‘ulomova Zahro Davlatjon qizi Nizomiy nomidagi O‘zMPU Tarix fakulteti “Tarix” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Author

Keywords:

Abu Nasr Forobiy, Sharq Uyg‘onish davri, falsafa, mantiq, ilm-ma’rifat, fozil shahar, komil inson, axloq, musiqa, ilmiy meros.

Abstract

Mazkur maqolada Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri, qomusiy olim va faylasuf Abu Nasr Forobiyning hayoti, ilmiy faoliyati hamda boy ma’naviy-ilmiy merosi yoritilgan. Forobiyning Movarounnahr ilmiy-madaniy muhitida shakllanganligi, Bag‘dod, Damashq va boshqa ilmiy markazlarda olib borgan izlanishlari, falsafa, mantiq, musiqa, siyosatshunoslik, axloq, matematika va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi tahlil etiladi. Shuningdek, mutafakkirning inson, jamiyat, davlat, ilm-ma’rifat va komil inson haqidagi qarashlari hamda uning “Fozil odamlar shahri”, “Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi”, “Musiqa haqida katta kitob” kabi asarlarining ilmiy-ma’rifiy ahamiyati ochib beriladi. Maqolada Forobiy merosining Sharq va G‘arb falsafiy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rni, uning ilmni inson kamoloti va jamiyat farovonligining muhim omili sifatida talqin qilgani asosida yoritiladi. Mutafakkirning ilmiy merosi bugungi kunda ham ta’lim, ma’naviyat, axloq va ijtimoiy tafakkur rivoji uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlanadi.

References

1. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”, Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti – 1993.

2. Abu Nasr Farobiy “Musiqa haqida kitob”, Toshkent, Fan nashriyoti – 1990.

3. Hoshimov.K,Nishonov.S “Pedagogika tarixi”, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent-2005

Downloads

Published

2026-10-10