ZAMONAVIY DASTGOHLI RANGTASVIRDA MILLIY AN’ANALAR VA BADIIY TALQIN
Keywords:
Dastgohli rangtasvir, milliy an’analar, kolorit, kompozitsiya, modernizm, realizm, ramziy obraz, estetik tarbiya, oʻzbek tasviriy san’ati, raqamli texnologiyalar.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy dastgohli rangtasvir san’atida milliy an’analar, folklor motivlari va ramziy obrazlarning oʻrni hamda ularning yosh avlod ma’naviy-estetik tarbiyasidagi ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida realizm, modernizm va dekorativ uslublarning oʻzaro uygʻunlashuvi, shuningdek, akril boʻyoqlar va raqamli texnologiyalar kabi yangi materiallarning badiiy ifoda imkoniyatlariga ta’siri tahlil qilindi. Oʻzbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarov, Rauf Choriyev va Akmal Nur kabi taniqli ijodkorlarning asarlari misolida milliylik va zamonaviylikning sintezi koʻrib chiqildi. Rang, kompozitsiya va koloritning emotsional-falsafiy ta’sir kuchi ilmiy jihatdan asoslab berildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, milliy motivlardan foydalanish globallashuv sharoitida madaniy oʻzlikni saqlab qolish va sogʻlom estetik didni shakllantirishda muhim ma’naviy omil boʻlib xizmat qiladi.
References
1. Bulatov S. Tasviriy san’at asoslari. Toshkent: O‘qituvchi, 2010.
2. Abdirasilov S. Rangtasvir nazariyasi. Toshkent, 2015.
3. Hasanov R. Kompozitsiya va badiiy tafakkur. Toshkent, 2018.
4. Akbarov H. O‘zbek tasviriy san’ati tarixi. Toshkent, 2012.
5. G‘ulomov N. Tasviriy san’atda rang va kolorit. Toshkent, 2016.
6. Leonardo da Vinci. Traktat o jivopisi. Moskva, 2000.
7. Arnheim R. Art and Visual Perception. University of California Press, 1974.