KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDA MUROJAAT SHAKLLARINING ZAMONAVIY TALQINI: IJTIMOIY TARMOQLAR MISOLIDA

Authors

  • Xo‘jayeva O‘g‘iloy Tagoymurotovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Toshkent, O‘zbekiston Author

Keywords:

murojaat shakllari, koreys tili, o‘zbek tili, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli kommunikatsiya, lingvopragmatika, lingvomadaniyat, nutq etiketi, 님, 존댓말, aka, opa, auditoriya, raqamli identitet.

Abstract

Ushbu maqolada koreys va o‘zbek tillarida murojaat shakllarining ijtimoiy tarmoqlar muhitidagi zamonaviy talqini lingvopragmatik va lingvomadaniy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Instagram, YouTube, TikTok va Telegram kabi platformalarda kuzatiladigan post matnlari, izohlar, video murojaatlar, jonli efir nutqi va obunachilarga qaratilgan kommunikativ formulalarda qo‘llanadigan murojaat birliklari asosiy tahlil materiali sifatida olinadi. Koreys tilidagi (hurmat qo‘shimchasi), 여러분 (azizlar, hammangiz), 구독자님들 (hurmatli obunachilar), 팬분들 (muxlislar), 선생님 (ustoz), 작가님 (muallif/ijodkor), 언니 (opa), 오빠 (aka), (aka), 누나 (opa) kabi birliklar hamda o‘zbek tilidagi aka, opa, ustoz, azizlar, qadrli kuzatuvchilar, hurmatli obunachilar, do‘stlar, jigarlar, bro, admin aka kabi shakllarning ijtimoiy tarmoqlardagi semantik-pragmatik vazifalari tahlil qilinadi. Maqolada an’anaviy murojaat birliklarining raqamli muhitda yangi kommunikativ vazifalar kasb etishi, xususan, auditoriyani jalb qilish, psixologik masofani qisqartirish, hurmat yoki samimiylikni bildirish, kuzatuvchilarni yagona raqamli hamjamiyat sifatida birlashtirish, bloger yoki kontent yaratuvchining raqamli identitetini shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, koreys tilida ijtimoiy tarmoq murojaatlari ko‘proq qo‘shimchasi, 존댓말 tizimi va qarindoshlik terminlari orqali ifodalansa, o‘zbek tilida ular aka, opa, ustoz, azizlar, hurmatli obunachilar kabi leksik birliklar, siz/sen qarama-qarshiligi hamda og‘zaki nutqqa xos emotsional murojaatlar orqali yuzaga chiqadi. Har ikki tilda qarindoshlik terminlarining biologik qarindoshlik doirasidan chiqib, raqamli yaqinlik, samimiylik va auditoriya bilan bevosita aloqa o‘rnatish vositasiga aylangani aniqlanadi.

References

1. Brown R., Gilman A. The Pronouns of Power and Solidarity. Cambridge: MIT Press, 1960.

2. Brown P., Levinson S. C. Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge: Cambridge University Press, 1987.

3. Herring S. C. Computer-Mediated Communication: Linguistic, Social and Cross-Cultural Perspectives. Amsterdam: John Benjamins, 1996.

4. Lee I., Ramsey S. R. The Korean Language. Albany: State University of New York Press, 2000.

5. 김혜숙. 한국어 호칭어와 지칭어 연구. 서울: 역락, 2005.

6. 이익섭. 사회언어학. 서울: 민음사, 1994.

7. 박영순. 한국어 화용론. 서울: 박이정, 2007.

8. Қўнғуров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқ маданияти ва услубият асослари. Тошкент: Ўқитувчи, 1992.

Downloads

Published

2026-06-10