ZAMONAVIY O‘QITISH METODLARI VOSITASIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Authors

  • Ismoilova Marhabo Hamitovna Author
  • Ergashev Dilshodbek Author

Keywords:

pedagogik texnologiya, zamonaviy o‘qitish metodlari, interfaol ta’lim, ta’lim jarayoni, pedagogik yondashuv, kompetensiyaviy ta’lim, innovatsion faoliyat, didaktik tamoyillar, metodik kompetentlik, kreativ fikrlash, refleksiv faoliyat, kommunikativ kompetensiya, muammoli ta’lim, modul ta’lim texnologiyasi, differensial ta’lim, ta’lim samaradorligi, o‘quv motivatsiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, integrativ yondashuv, pedagogik mahorat.

Abstract

Bugungi kunda ta’lim tizimini takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavzu ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish masalalarini yoritadi. Zamonaviy o‘qitish metodlari o‘quvchini ta’lim jarayonining faol subyekti sifatida shakllantirib, uning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va muammoli vaziyatlarni hal etish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogik asoslar ta’limning maqsad, mazmun, metod va shakllarini ilmiy jihatdan tashkil etishga yordam beradi. Mazkur yondashuvlar ta’lim samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat ta’lim standartlari to‘g‘risidagi qarorlari va me’yoriy hujjatlari. – Toshkent, 2021.

3. Avliyakulov N.X. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012.

4. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. – Toshkent: Fan, 2013.

5. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Sano-standart, 2017.

6. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.

7. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Nihol, 2013.

8. Klarin M.V. Pedagogicheskaya texnologiya v uchebnom protsesse. – Moskva: Znaniye, 1989.

9. Bespalko V.P. Slagaemыe pedagogicheskoy texnologii. – Moskva: Pedagogika, 1989.

10. Podlasiy I.P. Pedagogika. – Moskva: Vlados, 2008.

11. Selevko G.K. Sovremennыe obrazovatelnыe texnologii. – Moskva: Narodnoe obrazovanie, 1998.

12. Xutorskoy A.V. Klyuchevыe kompetensii kak komponent lichnostno-orientirovannogo obrazovaniya. – Moskva: Narodnoe obrazovanie, 2003.

13. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003.

Downloads

Published

2026-05-10