O‘ZBEKISTONDA MAVJUD IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING HOLATI VA JTIMOIY HIMOYA TIZIMINING INQIROZ DAVRIDA TUTGAN O‘RNI

Authors

  • Tulegenova Aydin Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitet talabasi Author

Keywords:

inqiroz, ijtimoiy himoya, moliyaviy muammolar, byudjet, ijtimoiy adolat, homiylar, COVID-19 pandemiyasi, raqamlashtirish.

Abstract

Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotida yuz berayotgan beqarorlik, pandemiyalar, geosiyosiy ziddiyatlar va global moliyaviy muammolar natijasida iqtisodiy inqirozlar tez-tez uchrab turibdi. Bunday inqirozlar nafaqat iqtisodiy barqarorlikka, balki aholining turmush darajasiga, ijtimoiy barqarorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar — ishsizlar, kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nafaqaxo‘rlar uchun inqiroz davri yanada og‘ir kechadi.

Shunday sharoitda ijtimoiy himoya tizimining samarali faoliyati nihoyatda muhim bo‘lib, aholining eng zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadlarini saqlab qolish, ishsizlikni kamaytirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlashda asosiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Inqirozga qarshi kurashishda ijtimoiy himoya tizimi nafaqat yordam ko‘rsatish, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi.

References

Downloads

Published

2026-05-10