SUT VA SUT MAHSULOTLARINING SIFAT VA XAVFSIZLIK KO‘RSATKICHLARI PASPORT ATLASLARINI ISHLAB CHIQISH
Keywords:
qurt, sifat ko‘rsatkichlari, oziq-ovqat xavfsizligi, fizik-kimyoviy tahlil, organoleptik baholash, kjeldahl, pasport–atlas.Abstract
Mazkur ilmiy tadqiqotda qurt mahsulotining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari kompleks tarzda tahlil qilinib, ular asosida pasport–atlas tizimini shakllantirish imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida qurt namunalari tanlab olinib, ularning fizik-kimyoviy (oqsil,pH) hamda organoleptik ko‘rsatkichlari zamonaviy laboratoriya usullari asosida aniqlangan. Olingan natijalar asosida qurt mahsuloti uchun tizimlashtirilgan pasport shakllari ishlab chiqildi hamda asosiy sifat indikatorlari yagona strukturaga keltirildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qurt mahsulotini pasportlash yondashuvi uning biologik qiymatini obyektiv baholash, gigiyenik xavfsizligini nazorat qilish, shuningdek iste’molchilarga aniq va ishonchli axborot taqdim etishda samarali ilmiy-amaliy vosita hisoblanadi. Shuningdek, taklif etilayotgan pasport–atlas modeli an’anaviy sut mahsulotlarini standartlashtirish, ularning saqlanish barqarorligini baholash va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
[1] Walstra, P. Dairy Science and Technology. CRC Press, 2022.
[5] Tamime, A.Y. Fermented Milk and Dairy Products. Wiley, 2020.
[3] Codex Alimentarius Commission. Milk and Milk Products Standards, 2021.
[4] AOAC (2020). Official Methods of Analysis (Kjeldahl method)
[2] Raw cow milk nutritional content and microbiological quality predictors of
South Gondar zone dairy farmers in Ethiopia, 2020
Chalachew Yenew a,*, Fitalew Tadele b, Binyam Minuye c, Ermiyas Sisay c, Tadesse Asmamaw d,
Sileshi Mulatu e, Biruk Demissie
[6] ГОСТР 55246- 2012 МОЛОКО И МОЛОЧНЫЕ ПРОДУКТЫ Определение содержания небелкового азота с применением метода Кьельдаля Москва Стандартинформ 2013
[7]ГОСТ 26781-85 МОЛОКО МЕТОД ИЗМЕРЕНИЯ pH Издание официальное Москва Стандартинформ 2009
[8] СТ РК 44–97 КУРТ Технические условия Официальное издание