OHANGLAR UMMONIDAN YANGRAGAN PREMYERALAR

Authors

  • Kayumova Shalola Rustam qizi O'zDK huzuridagi B.Zokirov nomidagi MESI “Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar” kafedrasi 1-bosqich talabasi Author

Abstract

Joriy yilning 8-aprel sanasi o‘zbek musiqa san’ati yilnomasiga o‘chmas va zarhal harflar bilan muhrlandi. Shu kuni poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da O‘zbekiston musiqa madaniyatining yorqin timsoli, zamonamizning sermahsul va iste’dodli kompozitori Oydin Abdullayevaning ijod olamiga bag‘ishlangan mualliflik konsertida san’at ahli jam bo‘ldi.

Downloads

Published

2026-04-10