INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAQOL VA MATALLARNING UMUMIY LINGVISTIK XUSUSIYATLARI: ULARNING BARQAROR BIRIKMA SIFATIDAGI O‘ZIGA XOS STRUKTURAVIY VA SEMANTIK BELGILARI.

Authors

  • Rasulova Mubina Sherzodbek qizi Andijon Davlat Chet Tillari Instituti magistranti Author

Keywords:

maqol, matal, paremiologiya, barqaror birikma, strukturaviy tahlil, semantik tahlil, taqqosiy lingvistika.

Abstract

Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillaridagi maqol va matallarning umumiy lingvistik xususiyatlarini, ularning barqaror birikmalar, ya’ni frazeologik birlik sifatidagi o‘ziga xos strukturaviy va semantik belgilarini taqqosiy tarzda o‘rganadi. Maqollar paremiologiya fanida xalq donishmandligining ixcham, metaforik va didaktik shakli sifatida qaraladi. Tadqiqotda maqollarning barqarorligi, ya’ni o‘zgarmas sintaktik tuzilishi, alliteratsiya, parallelizm, ritm va ellipsiya kabi stilistik vositalari, shuningdek, metaforik-semantik xususiyatlari( majoziy ma’no, umumlashtirish va madaniy kontekst) tahlil qilinadi. Ingliz tilidagi SVO (subject+verb+object) va o‘zbek tilidagi ega+ikkinchi darajali bo‘laklar+kesim strukturaviy farqlar, shuningdek, universal (vaqt, mehnat, axloq) va milliy-xususiy (agrar/ urban) semantik elementlar aniqlanadi. Maqolada lug‘at materiallari “Oxford Dictionary of English Proverbs” va “O‘zbek xalq maqollari” asosida misollar keltirilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, maqollar ikkala tilda ham barqaror birikmalar sifatida nutqni boyitadi, madaniy ko‘prik vazifasini o‘taydi va tarjima jarayonida ehtiyotkorlik talab etadi.

References

1. Sabirova G.X., Soatboyeva S.M. Ingliz va o’zbek maqollarining lingvistik xususiyatlari, tuzilish tarkibi // Oriental renaissance: Innovative, educational, natural va social sciences. -2023. -№3.

2. Ruzikulov E.Sh. Structural and semantic analysis of paremiological units in English and Uzbek languages: A comparative study based on dictionary materials // Science and Innovation. -2024.

3. Toshev Z., Asadov A.B. Inglizcha va o’zbek tilidagi maqollarning muqobillashgan tahlili // Zamonaviy ta’lim va innovatsiyalar. -2023.

4. The Oxford Dictionary of English Proverbs. -Oxford University Press, 1970(3rd ed.).

Downloads

Published

2026-04-10