FAVQULODDA VAZIYATLARDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBA VA MILLIY YONDASHUVLAR
Keywords:
favqulodda vaziyatlar, shoshilinch tibbiy yordam, sog‘liqni saqlash tizimi, xalqaro tajriba, milliy yondashuv, integratsiyalashgan boshqaruv, sog‘liqni saqlash samaradorligi.Abstract
So‘nggi o‘n yilliklarda tabiiy ofatlar, texnogen avariyalar, iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq favqulodda holatlar hamda epidemiologik tahdidlarning ko‘payishi global sog‘liqni saqlash tizimlari oldiga yangi va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Ushbu sharoitda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining samaradorligi nafaqat tibbiy infratuzilma rivojlanganligiga, balki boshqaruv modeli, tezkor qaror qabul qilish mexanizmlari va resurslardan oqilona foydalanishga ham bevosita bog‘liqdir. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam tizimi markazlashtirilgan boshqaruv, integratsiyalashgan axborot tizimlari va standartlashtirilgan tibbiy protokollar asosida faoliyat yuritadi. Biroq ushbu tajribani milliy sog‘liqni saqlash tizimlariga to‘liq va bevosita ko‘chirish har doim ham kutilgan natijani bermaydi. Chunki hududiy farqlar, demografik tuzilma, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hamda sog‘liqni saqlash infratuzilmasining rivojlanish darajasi ushbu jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois favqulodda vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishda xalqaro tajriba va milliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish masalasi dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.