NISHON VA O‘QNING TRAJEKTORIYALARINI IFODALASH: STATIK VA DINAMIK TIZIMLAR UCHUN TAHLIL
Keywords:
Nishon va o‘qning trajektoriyalarini ifodalash: Statik va dinamik tizimlar uchun tahlil Fazoda nishon va o‘qning trajektoriyalari ularning harakati va o‘zaro munosabatlarini tahlil qilish uchun asosiy matematik modellarni tashkil qiladi.Abstract
Ushbu maqolada nishon va o‘qning harakat trajektoriyalarini statik va dinamik tizimlar kontekstida matematik va fizik modellashtirish asosida tahlil qilinadi. Statik tizimlarda o‘q harakati oldindan belgilangan sharoitlarda baholanadi va harakat parametrlarining o‘zgarmasligi faraz qilinadi. Dinamik tizimlarda esa tashqi kuchlar, havoning qarshiligi, tortishish kuchi va harakatlanayotgan nishonning xatti-harakatlari hisobga olinadi. Maqolada differensial tenglamalar, harakat tenglamalari va kompyuter simulyatsiyasi orqali turli holatlarda o‘qning uchish yo‘nalishini aniqlash va tahlil qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, real vaqtli kuzatuv tizimlari va sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘q trajektoriyasini optimallashtirish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Ushbu tadqiqot natijalari ballistik tizimlar, mudofaa sohalari hamda sport texnologiyalarida qo‘llanilishi mumkin.
References
1. Anderson, J.D. Introduction to Flight. McGraw-Hill Education, 2015.
2. Barret, R. Ballistics: Theory and Design of Guns and Ammunition. CRC Press, 2016.
3. Ogata, K. System Dynamics. Pearson Education, 2013.
4. Khalil, H.K. Nonlinear Systems. Prentice Hall, 2002.
5. Назаров, A.T., Усмонов, R.T. "Mexanik harakat va fizik modellar", Toshkent: Fan, 2020.
6. Саидов, U.S. "Kompyuter modellashtirish asoslari", Toshkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti, 2021.