OʼQUVCHINI RAGʼBATLANTIRISHNING OLTIN QOIDALARI
Abstract
Taʼlimda ragʼbat — muhim:
Yaxshi xulqlarni shakllantirishda, yomon xulqlardan saqlashda qoʼllaniladi.
Аmmoragʼbatlantirish, maqtashning ham mutaxassislar taklif qilgan yoʼllarini bilasizmi?
Quyida baʼzilarini keltirib oʼtamiz:
- Mutaxassislar nafaqat oʼquv faoliyati natijalariga koʼra yuqori koʼrsatkichlioʼquvchilarni, balki oʼzining mehnatsevarligi, yordamga tayyorligi, masʼuliyatli yondashuvi, jonbozligi uchun ham bolalarni taqdirlashni toʼgʼri, deb baholaydilar.
- Ragʼbatlantirish harakatga mutanosibboʼlishi, yaʼni bola uchun odatiy, “ikki qadamli” ish boʼlib qolgan yoki zamirida qandaydir tor shaxsiy motivlar turgan amallar uchun boʼlmasligi tavsiya etiladi.
- Ijobiy munosabat bildirishda “ammo” kalimasi boʼlmasligi, yaʼni masalan, “tez oʼqishboʼyichazoʼrsan, ammo sheʼryodlashingga kelsak...” kabilida fikrlamaslik, maqtashmi-mashtash.
- Ragʼbatlantirish amaliyoti bolani sinfdagi boshqa oʼquvchilarga qarama-qarshi qoʼymasligi lozim, buning uchun nafaqat natijaga erishganlar, balki harakat qilganlarni ham eʼtirof etish va bunda aynan qaysi jihat maqtovga loyiqligini izohlab oʼtishoʼrinli.
- Maqtov shaklidagi ragʼbatlantirishda shunchaki oʼquvchiga yaxshi koʼrinish uchun maqtamaslik, bolaning tabiiy sifatlari (boʼyi-basti, xushbichimkoʼrinishi va h.) dagi ustunlikni eʼtirof predmetiga aylantirmaslik, aynan bir holat uchun ikki martadan ortiq ijobiy munosabat bildirmaslik.
- Ragʼbat yaxshisi bolaning oʼzkoʼrsatkichlarinioʼzining avvalgi natijalari bilan solishtirib, yaxshi tomonga oʼzgarishboʼlganini samimiy eʼtirof qilgan holda boʼlgani afzalroq, bolalarni bir-biriga solishtirishni suisteʼmol qilmagan maʼqul.
Downloads
Published
2026-01-10
Issue
Section
Articles