O‘SMIRLAR O‘RTASIDA ALKOGOLIZM, NARKOMANIYA VA TOKSIKOMANIYA: PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY SABABLAR VA PROFILAKTIKA
Keywords:
o‘smirlar, alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya, psixologik sabablar, ijtimoiy sabablar, profilaktika, o‘zini qadrlash, oila taʼsiri, tenglar bosimi.Abstract
Maqolada o‘smirlar orasida keng tarqalib borayotgan alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniya kabi ijtimoiy-patologik hodisalarning psixologik va ijtimoiy sabablari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari (o‘zini anglash muammolari, stress, qoʻzgʻatuvchanlik), shuningdek, oila, tenglar guruhi va atrof-muhit kabi ijtimoiy omillarning ushbu qaramliklarga taʼsiri ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Shu muammoga bag'ishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son farmoni ham ishlab chiqilgan . Bu farmonda respublikamizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasining barvaqt oldini olish, aholida ularni isteʼmol qilishga nisbatan “immunitet”ni shakllantirish orqali genofondimizga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni bartaraf etishni oldiga maqsad qilgan. Bundan tashqari muammoni oldini olishning samarali usuli – oilaviy, maktab va jamoat darajasidagi profilaktika choralari haqida batafsil maʼlumot berilgan. Maqsad, ushbu muammo haqida xabardorlikni oshirish va yosh avlodni salbiy odatlardan himoya qilish yoʻlidagi kompleks yondashuvlarni taklif etishdir.
References
1. Hawkins, J. D., Catalano, R. F., & Miller, J. Y. (1992). Risk and protective factors for alcohol and other drug problems in adolescence and early adulthood: Implications for substance abuse prevention. Psychological Bulletin, 112(1), 64–105.
2. Oʻzbekiston Respublikasi "Narkotik moddalar va psixotrop moddalar muomalasining qonuniyligini taʼminlash toʻgʻrisida"gi Qonuni.
3. Botvin, G. J., & Griffin, K. W. (2004). Life skills training: Empirical findings and future directions. Journal of Primary Prevention, 25(2), 211–232.
4. Sventons, E. (2019). The Teenage Brain: A Neuroscientist's Survival Guide to Raising Adolescents and Young Adults. HarperCollins.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi. "Oʻsmirlar salomatligi" milliy dasturi maʼlumotlari.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.05.2024 yildagi PF-73-son Kuchga kirish sanasi 07.05.2024
7. 4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2025-y., 06/25/207/1023-son)