DAVLAT FUNKSIYALARINI TASNIFLASH
Keywords:
davlat funksiyalari, klassik liberal boshqaruv, klassik me’zon, metodologiya, muhofaza, huquq ijodkorligi.Abstract
Mazkur maqolada davlat funksiyalari tushunchasi, ularning mazmun mohiyati va tasniflash mezonlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Davlat funksiyasi - bu davlatning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy boshqaruvini amalga oshirishdagi asosiy yo‘nalishlarini bildiradi. Maqolada tarixiy rivojlanish bosqichlari kontekstida davlat funksiyalarining o‘zgarishi, jumladan, klassik davrdagi “minimal davlat” konsepsiyasidan hozirgi zamonaviy, ko‘p funksiyali davlat modeligacha bo‘lgan evolyutsiyasi yoritilgan. Shuningdek, funksiyalarni tasniflashning klassik mezonlari - faoliyat sohasi, amal qilish davomiyligi, ijtimoiy ahamiyati va huquqiy shakllari asosida tasniflar ko‘rib chiqiladi. Muallif zamonaviy global muammolar, texnologik taraqqiyot va xalqaro tajriba asosida davlat funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish zaruratini asoslaydi. Maqola yakunida davlat funksiyalarini to‘g‘ri tasniflash davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishi, vakolatlar taqsimotini aniq belgilashi va fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashi ta’kidlanadi.
References
1. Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018. 528-bet
2. Islomov Z. M. Davlat va huquq nazariyasi / mas’ul muharrirlar: X. Rahmanqulov, akademik, yu. F. D., Prof., X. Boboyev, Y. F. D., prof. T.: Adolat, 2007 yil. 916-bet.
3. Davlat va huquq nazariyasi: darslik. - Toshkent: TDYU, 2021. - 232 bet
4. Sh.A., Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi: Darslik - T.: TDYU nashriyoti, 2024. - 264 bet.