MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARINING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Authors

  • Mo’minbekova S.E magistrant , Toshkent shahridagi Puchon universiteti Author
  • Riskulova Kamola DJumayevna DSc, dotsent, Toshkent shahridagi Puchon universiteti Author

Keywords:

maktabgacha ta’lim, rahbar, huquqiy savodxonlik, normativ-huquqiy hujjatlar, boshqaruv, huquqiy madaniyat, kompetensiya, malaka oshirish.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim tizimida rahbarlarning normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi, ularni amaliy faoliyatda qo‘llash mexanizmlari, boshqaruv jarayonlarida huquqiy madaniyatning o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, rahbarlarning huquqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda zamonaviy o‘qitish usullari, malaka oshirish tizimi va raqamli ta’lim imkoniyatlarining ahamiyati asoslab beriladi.

Bundan tashqari, tadqiqotda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uchraydigan huquqiy xatoliklar, ularning sabab va oqibatlari, rahbarlar faoliyatida huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishning innovatsion yo‘llari yoritiladi. Mavjud qonunchilik talablari asosida rahbarlarning kasbiy mas’uliyatini kuchaytirish, ularning boshqaruv qarorlarini qabul qilishda huquqiy yondashuvni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish, rahbarlarning huquqiy madaniyatini mustahkamlash va ta’lim sifatini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.

2. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. – Toshkent, 2020.

3. “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. – Toshkent, 2019.

4. Abduqodirov A.A. Ta’limda boshqaruv asoslari. – Toshkent: Fan, 2018.

5. Ishmuhamedov R.J. Ta’lim menejmenti. – Samarqand, 2019.

6. UNESCO. Early Childhood Education Management Guidelines. – Paris, 2017.

7. OECD. Education Leadership and Legal Literacy. – Paris, 2018.

Downloads

Published

2025-12-20