MUALLIFLIK HUQUQI SOHASIDA INTERAKTIV DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI: TABIATI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
mualliflik huquqi, intellektual mulk, interaktiv davlat xizmati, fuqarolik-huquqiy munosabatlar, raqamli iqtisodiyot, WIPO, elektron hujjat, sun’iy intellekt.Abstract
Ushbu maqolada mualliflik huquqi sohasida interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishning fuqarolik-huquqiy asoslari, ularning mohiyati hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida intellektual mulk obyektlarini himoya qilishning zamonaviy shakllari — elektron ariza topshirish, elektron hujjat aylanishi va onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tizimlarining afzalliklari yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida mualliflik huquqi obyektlarini interaktiv tarzda ro‘yxatdan o‘tkazishning amaldagi holati xalqaro tajriba — WIPO, EUIPO va USPTO tizimlari bilan solishtirildi. Xalqaro platformalardagi ilg‘or yondashuvlar, jumladan, sun’iy intellekt asosidagi tahlil tizimlari, ma’lumotlar xavfsizligi va elektron dalillarning huquqiy maqomi o‘rganildi. Maqolada interaktiv davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha huquqiy, texnik va tashkiliy takliflar ilgari surilgan. Jumladan, “Mualliflik huquqida elektron xizmatlar to‘g‘risida” maxsus normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish, WIPO portaliga integratsiya qilish hamda elektron dalillarni fuqarolik protsessida isbot vositasi sifatida tan olish zarurligi ta’kidlangan. Natijada, mualliflik huquqi sohasida interaktiv xizmatlarning joriy etilishi fuqarolik-huquqiy munosabatlarda shaffoflik, ishonchlilik va huquqni muhofaza qilish samaradorligini oshiruvchi muhim omil sifatida baholangan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2024.
3. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahriri). – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2023-yil.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ–223-son qarori – “Intellektual mulk sohasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi rasmiy sayti: https://ima.uz
6. World Intellectual Property Organization (WIPO). – WIPO Intellectual Property Digital Transformation Reports, Geneva, 2022.
7. European Union Intellectual Property Office (EUIPO). – Annual Report 2023: Digital Services and IP Systems in Europe, Alicante, 2023.
8. United States Patent and Trademark Office (USPTO). – E-Government Strategy and Copyright Registration Services, Washington, 2022.
9. Cornish, W. & Llewelyn, D. – Intellectual Property: Patents, Copyright, Trade Marks and Allied Rights. – London: Sweet & Maxwell, 2019.
10. Goldstein, P. & Hugenholtz, B. – International Copyright: Principles, Law, and Practice. – Oxford University Press, 2020.
11. Abdullayeva, D. M. – “Raqamli iqtisodiyot sharoitida mualliflik huquqini himoya qilishning huquqiy asoslari.” // Yuridik fanlar axborotnomasi, №4, 2023.
12. Karimov, A. A. – “O‘zbekiston intellektual mulk tizimida interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish istiqbollari.” // Iqtisodiyot va huquq jurnali, №2, 2024.
13. World Intellectual Property Indicators 2024. – Geneva: WIPO, 2024.
14. OECD Digital Government Studies. – Digital Transformation of the Public Sector, Paris: OECD Publishing, 2023.
15. UNCTAD. – Digital Economy Report 2023: Cross-Border Data Flows and Development. – New York and Geneva: United Nations, 2023.