HAVO KEMALARIDA TURISTLARNI TASHISHNI TASHKIL ETISH
Keywords:
havo kemasi, turizm logistikasi, tashish tizimi, aviatsiya xavfsizligi, raqamli transformatsiya, barqaror transport, O‘zbekiston, IATA.Abstract
Ushbu maqolada havo kemalarida turistlarni tashishni tashkil etish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari, logistika tizimlari, xavfsizlik standartlari hamda xalqaro turizm infratuzilmasi bilan o‘zaro aloqadorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda IATA, ICAO, UNWTO va WTTC tashkilotlarining 2020–2024-yillardagi statistik ma’lumotlari asosida tahliliy va qiyosiy metodlar qo‘llanilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning aviatsiya sohasidagi islohotlari, “Ochiq osmon” siyosati, raqamli xizmatlar joriy etilishi hamda barqaror aviatsiya rivojlanishining turizmga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, havo transporti orqali turistlarni tashish tizimini tashkil etishda logistik boshqaruv, raqamli transformatsiya va ekologik samaradorlik omillari muhim rol o‘ynashi aniqlangan.