SIMSIZ SENSOR TARMOQLARIDA REAL VAQTDA MA'LUMOTLARNI BOSHQARISH

Authors

  • Ubaydullayeva Saodat Elyor qizi TATU DIF talabasi, ubaydullayevasaodat1923@gmail.com [1] Author
  • Jumanova O’g’iloy TATU TTF talabasi, ogiloyshukurullayevna@gmail.com [2] Author

Keywords:

Real vaqtli ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari - bu an’anaviy real vaqt tizimlari va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari birikmasidan tashkil topgan kompleks yondashuvdir. Ushbu tizimlar bir vaqtning o‘zida ikkala turdagi talablarni bajara olishi kerak: mantiqiy cheklovlar va vaqt cheklovlari.

Abstract

Dastlabki sensor tizimlari asosan apparat vositalarining cheklanganligi va energiya manbalarining yetishmasligiga yo‘naltirilgan edi. Biroq zamonaviy sensorli ilovalar vaqt cheklovlari sharoitida ma’lumotlarni tez va samarali qayta ishlashni talab qilmoqda. Bugungi kunda simsiz sensor tarmoqlari (STT) oldida turgan muhim muammolardan biri bu real vaqt rejimida ma’lumotlarni saqlash va ularni tezkor so‘rash zaruriyatidir. Bu jarayonda ikki asosiy yondashuv,markazlashgan saqlash modeli va tarqatilgan yondashuv mavjuddir. Markazlashgan modelda ma’lumotlar yagona bazaga jamlanadi va so‘rovlar shu manba orqali amalga oshiriladi, tarqatilgan tizimda esa har bir sensor qurilma o‘zining mahalliy ma’lumotlarini boshqaradi. Sensorlar tomonidan yig‘iladigan ma’lumotlar atrof-muhitning joriy holatini real vaqt rejimida ifodalashi lozim bo‘lganligi sababli ular vaqt va mantiqiy cheklovlarga ega. Shu nuqtai nazardan, real vaqtli ma’lumotlar boshqaruvi uchun samarali yechimlarni ishlab chiqish va mavjud yondashuvlarni baholash bugungi ilmiy va amaliy tadqiqotlar uchun dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

References

1. Belfkih, A.; Duvallet, C.; Sadeg, B.; Amanton, L. (2017), “A Real Time Query Processing System for WSN”

2. Diallo, O.; Rodrigues, J. J. P. C.; Sene, M. (2012), “Real time data management on wireless sensor networks: a survey”

3. Zhou, Q.; Chen, C.; Zhang, G.; Chen, H.; Chen, D.; Yan, Y.; Shen, J.; Zhou, R. (2018), “Real Time Management of Groundwater Resources Based on Wireless Sensor Networks”

Downloads

Published

2025-09-13