O‘ZBEKISTONDA TEXNOLOGIYALAR TRANSFERI TIZIMIDAGI INSTITUTSIONAL VA AXBOROT BO‘SHLIQLARNI BARTARAF ETISHNING RAQAMLI YECHIMLARI

Authors

  • Islomov Baxtiyor Muston o’g’li Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi, Innovatsiyalarni joriy etishda raqamli texnologiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i, mustaqil izlanuvchi Author

Keywords:

Texnologiyalar transferi, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, axborot tizimlari arxitekturasi, raqamli innovatsiyalar, innovatsion ekotizim, institutsional integratsiya, axborot almashinuvi, ko‘p darajali raqamli tizimlar, sun’iy intellekt asosidagi baholash, raqamli transformatsiya.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida texnologiyalar transferi tizimi rivojlanishining mavjud holati, xususan, institutsional va axborot infratuzilmasidagi tizimli bo‘shliqlar kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim tashkilotlari, texnoparklar, investorlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikning raqamli muhitda sustligi, axborot oqimlarining tarqoq va nomuvofiq holda mavjudligi aniqlanadi. Ushbu muammolarga javoban, texnologik ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonini soddalashtirish, subyektlararo integratsiyani kuchaytirish hamda axborot almashinuvini tizimlashtirishga qaratilgan ko‘p darajali integratsiyalashgan axborot tizimi modeli taklif etiladi. Model foydalanuvchi rollari, real vaqtli axborot almashinuvi, rolga asoslangan kirish huquqlari (RBAC), hamda sun’iy intellekt vositasida ilmiy ishlanmalarni baholash imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan funksional arxitektura asosida ishlab chiqilgan.

References

1. UNCTAD. Science, Technology and Innovation Parks in Uzbekistan. 2023.

2. MUNIS Project Documents. World Bank, 2020.

3. OECD. Digital Economy Outlook. 2021.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-124-son qarori, 2023-yil.

5. BMT. Electronic Government Survey. 2022.

6. Ergashev J. Elektron hukumat rivoji. Cyberleninka.ru.

7. Farg‘ona Politexnika Instituti ilmiy to‘plamlari, 2024.

Downloads

Published

2025-09-13