MAKTABDA TASVIRIY SAN’AT FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
Brainstorming, badiiy-estetik did, grafik dasturlar, ijodiy tafakkur, innovatsion ta’lim, interfaol metodlar.Abstract
Ushbu maqolada maktabda tasviriy san’at fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning didaktik ahamiyati, samaradorligi va pedagogik jarayondagi o‘rni atroflicha tahlil etiladi. An’anaviy dars uslublaridan farqli ravishda, interfaol metodlar o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishiga, mustaqil va ijodiy fikrlashiga, o‘z qiziqishlarini namoyon etishiga imkon yaratadi. Maqolada muammoli ta’lim, rolli va syujetli o‘yinlar, klister, brainstorming, loyihaviy ta’lim, vizual san’at orqali hikoya yaratish kabi interfaol metodlarning tasviriy san’at darslaridagi samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR), grafik dasturlar va interaktiv platformalardan foydalanishning ijodiy jarayonga ta’siri o‘rganiladi. Maqola davomida interfaol metodlarning o‘quvchilarning badiiy-estetik didini shakllantirish, tasavvur va vizual tafakkurini rivojlantirish, o‘z fikrlarini san’at asarlari orqali ifodalash ko‘nikmalarini mustahkamlashga ta’siri ilmiy asoslangan holda yoritiladi. Shuningdek, pedagoglar uchun tasviriy san’at darslarida interfaol yondashuvlarni muvaffaqiyatli tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola tasviriy san’at fani o‘qituvchilari, pedagogika mutaxassislari va ta’lim sohasidagi tadqiqotchilar uchun foydali bo‘ladi.
References
1. Abdirasilov S.F. “Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi”.-T.:”Fan va texnologiya”,2012.-234 b.
2. Oripov B. “Tasviriy san’atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi”.-T:”ILM-ZIYO”,2013.-162 b.
3. Ma’murova D., Xodjayeva N. Maktablarda tasviriy sanʼat darslari samaradorligini oshirishda kuzatish jarayoning zamonaviy pedagogik texnologiyalar. “Respublika ilmiy-amaliy anjuman” Toshkent. 2024 yil-№ 2.
УДК 37.372.744 -5b.
4. Xayrov R.Z., Todjiboyeva D.B. Bo`lajak o`qituvchilarining kasbiy-mеtodik
tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari va modеli. International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers // Volume-11/ Issue-5/ 2023 Published: /22-05-2023. p. 40-49.
Downloads
Published
Versions
- 2025-05-31 (2)
- 2025-05-31 (1)