XVI–XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA BUXORO VA USMONIYLAR O‘RTASIDAGI TARIXIY ALOQALAR: MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK TAHLILI
Keywords:
Buxoro xonligi, Usmoniylar davlati, xalqaro munosabatlar, diplomatik aloqalar, manbashunoslik, tarixshunoslik, haj safarlari, musulmon davlatlari, XVI–XIX asrlar, tarixiy manbalar.Abstract
Maqolada tarixiy diplomatik, madaniy va dini aloqalarning shakllanishi hamda rivojlanishini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Mazkur davrda Markaziy Osiyodagi yirik siyosiy markazlardan biri bo‘lgan Buxoro xonligi va Yaqin Sharqdagi qudratli musulmon imperiyasi – Usmoniylar o‘rtasidagi munosabatlar siyosiy-harbiy hamkorlik, ilmiy-ma’rifiy almashinuv, diniy birlik va haj safarlari orqali namoyon bo‘lgan.
Ishda bu munosabatlarning shakllanish omillari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning tarixiy ahamiyati turli manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan, fors-tojik, arab, usmoniy va rus tilidagi yozma manbalar, elchilik xatlari, tarixiy xronikalar, haj safariga oid ma’lumotlar asos qilib olingan.
Shuningdek, mavzuning tarixshunoslik jihatlari ham ko‘rib chiqiladi – ya’ni Buxoro–Usmoniylar munosabatlariga oid tarixiy tadqiqotlarning rivojlanish bosqichlari, zamonaviy yondashuvlar va bahsli nuqtai nazarlar tahlil qilinadi. Mazkur tahlillar asosida ikki musulmon davlati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy jarayondagi o‘rni va bugungi kun uchun ahamiyati yoritiladi.
References
1. Мухаммадёр ибн Араб Катаған. “Мусаххир ал-билод”. Форс тилидан Исмоил Бекжонов, Дилором Сангирова таржимси. – Тошкент: Янги асра алоди. 2009.
2. Муҳаммад Юсуф Мунши. “Муким – ҳаниская история”. Перевод , предисловие, примечание А.Семёнова. – Тошкент:Фан,1956.
3. Fahrettin Kirzioğlu. Osmanlıların Kafkas Ellerini Fethi. – Ankara,1993.
4. Mehmet Alpargu. Türkistan Hanlıkları. – Sakarya,2019.
5. Hacer Topaktaş. Osmanlı diplomasisinde “Tayinat” sisteminin uygulanışı ve kaldırılışı (1794) üzerine bazı tespitler. Akademik İncelemeler Dergisi. – İstanbul, 2015.
6. Murat Özkan. Buhara, Petersburg ve İstanbul arasinda diplomasi trafigi:Molla Irnazar Maksutov elçiligi. – Ordu, 2019.
7. Selim Sarkan Ukten. Buhara hanliği'nin Askeri teşkilati (1500-1868-yillar). – Ankara, 2018.