QORAQALPOGʻISTON VA QOʻSHNI HUDUDLARNING GEOEKOLOGIK MUAMMOLARINING OʻZARO TAʼSIRI VA OQIBATLARI

Authors

  • Ko‘shkinbaeva Mehribon Turganbay qizi Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti doktaranti mnhribanmehriban@gmail.com Author

Keywords:

Qoraqalpogʻiston, Orolboʻyi, Orolqum, geoekologik muammolar, transchegaraviy ekologik jarayonlar, domino effekti, Amudaryo, suv tanqisligi, tuproq shoʻrlanishi, choʻllanish, chang-tuz aerozollari, landshaft degradatsiyasi, geotizim barqarorligi, landshaft-ekologik yondashuv, ekologik innovatsiyalar, suv resurslarini boshqarish. Аннотация и ключевые слова на русском языке

Abstract

Mazkur maqolada Qoraqalpogʻiston va unga qoʻshni hududlar — Xorazm, Navoiy hamda Turkmanistonning Toshhovuz hududlari geoekologik muammolari yagona hududiy tizim sifatida tadqiq etilgan. Tadqiqotda Orol dengizining qurishi natijasida shakllangan Orolqum hududining chang-tuz aerozollari manbai sifatidagi roli, ularning atmosfera oqimlari orqali transchegaraviy tarqalishi, Amudaryo suv resurslarining miqdoriy va sifat jihatidan oʻzgarishi, tuproq shoʻrlanishi, choʻllanish, landshaft degradatsiyasi va iqlimiy oʻzgarishlarning oʻzaro bogʻliqligi tahlil qilinadi. Geoekologik jarayonlar “domino effekti” va teskari aloqa (feedback) tamoyillari asosida izohlanib, bir hududda yuzaga kelgan ekologik muammoning qoʻshni hududlarga tarqalishi hamda boshqa jarayonlarni kuchaytirishi asoslanadi. Shuningdek, tuproq-landshaft koʻrsatkichlari, suv minerallashuvi, atmosfera aerozollari, tuproq unumdorligi va choʻllanish darajasi hududiy geotizim barqarorligini baholashning asosiy indikatorlari sifatida koʻrib chiqiladi. Maqolada geotizimlarning rezistentlik va rezilientlik xususiyatlari, landshaft-ekologik yondashuv, koʻp masshtabli tahlil hamda “yamoq–yoʻlak–matritsa” konsepsiyasining Orolboʻyi sharoitidagi ahamiyati yoritilgan.

References

1. Wang W., Samat A., Abuduwaili J. et al. Temporal characterization of sand and dust storm activity and its climatic and terrestrial drivers in the Aral Sea region // Atmospheric Research. – 2022. – Vol. 275. – 106242. DOI: 10.1016/j.atmosres.2022.106242

2.Harriman L. The Future of the Aral Sea Lies in Transboundary Co-operation. – UNEP/GRID–WMO, 2014.; Wang W., Samat A., Abuduwaili J. et al. Temporal characterization of sand and dust storm activity and its climatic and terrestrial drivers in the Aral Sea region // Atmospheric Research. – 2022. – Vol. 275. – 106242. DOI: 10.1016/j.atmosres.2022.106242

3.Xi X., Wang J., Lu Z. et al. Analysis of a saline dust storm from the Aralkum Desert – Part 1 // Atmospheric Chemistry and Physics. – 2025. – Vol. 25. – P. 7403–7429. DOI: 10.5194/acp-25-7403-2025; Banks J.R., Heinold B., Schepanski K. Impacts of the desiccation of the Aral Sea on the Central Asian dust life-cycle // JGR: Atmospheres. – 2022. – Vol. 127(21). – e2022JD036618. DOI: 10.1029/2022JD036618

Downloads

Published

2026-09-30