LITIY-ION AKKUMULYATORLARINING ATROF-MUHITGA TA’SIRI: HAYOT SIKLI TAHLILI ASOSIDA MIQDORIY BAHOLASH
Keywords:
litiy-ion akkumulyator; hayot sikli tahlili; issiqxona gazlari chiqindisi; suv izi; qayta ishlash; elektromobilAbstract
Maqolada litiy-ion akkumulyatorlarning atrof-muhitga ta’sirini miqdoriy baholash maqsadida soddalashtirilgan hayot sikli tahlili (Life Cycle Assessment, LCA) metodologiyasi qo‘llanildi. Funksional birlik sifatida 1 kW soat saqlash sig‘imiga ega NMC (nikel-marganets-kobalt) tipidagi akkumulyator qabul qilindi. Adabiyotlarda keltirilgan chiqindi koeffitsiyentlari asosida issiqxona gazlari chiqindisi ( ), suv izi (bu biror shaxs, mahsulot, korxona yoki mamlakat tomonidan ishlab chiqarish va iste’mol qilish jarayonida sarflangan yoki ifloslangan jami chuchuk suv miqdorini o'lchovchi ekologik ko'rsatkichdir) va qayta ishlashning ekologik samarasi hisoblab chiqildi. 60 kW∙soat sig‘imli elektromobil akkumulyatori misolida ishlab chiqarish bosqichida o‘rtacha 5,1 t CO2 - ekvivalent chiqindi va 79,2 m³ suv sarfi aniqlandi. Qayta ishlangan xomashyodan 30% ulushda foydalanish umumiy chiqindini taxminan 15% ga kamaytirishi ko‘rsatildi. Olingan natijalar akkumulyator sanoatida qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini asoslaydi.
References
1. Ellingsen, L. A.-W., Majeau-Bettez, G., Singh, B., Srivastava, A. K., Valøen, L. O., Strømman, A. H. (2014). Life Cycle Assessment of a Lithium-Ion Battery Vehicle Pack. Journal of Industrial Ecology, 18(1), 113–124.
2. Romare, M., Dahllöf, L. (2017). The Life Cycle Energy Consumption and Greenhouse Gas Emissions from Lithium-Ion Batteries. IVL Swedish Environmental Research Institute Report.
3. Kelly, J. C., Dai, Q., Wang, M. (2020). Globally regional life cycle analysis of automotive lithium-ion nickel manganese cobalt batteries. Mitigation and Adaptation Strategies for Global Change, 25, 371–396.
4. Ciez, R. E., Whitacre, J. F. (2019). Examining different recycling processes for lithium-ion batteries. Nature Sustainability, 2, 148–156.
5. Nordelöf, A., Messagie, M., Tillman, A.-M., Söderman, M. L., Van Mierlo, J. (2019). Environmental impacts of hybrid, plug-in hybrid, and battery electric vehicles—what can we learn from life cycle assessment? International Journal of Life Cycle Assessment, 19, 1866–1890.
6. Dunn, J. B., Gaines, L., Kelly, J. C., James, C., Gallagher, K. G. (2015). The significance of Li-ion batteries in electric vehicle life-cycle energy and emissions and recycling‘s role in its reduction. Energy & Environmental Science, 8, 158–168.